Gunohi kabiralar. Imom
Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
41
Nofe’ roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Ibn Umar va Abdulloh ibn Amrlar Zubayr ibn
Abdulmuttalibning huzurida edilar. Bir vaqt yelkasiga kamon osgan ayol qo‘ylarini
haydab o‘tib qoldi. Abdulloh ibn Umar undan: «Sen erkakmisan yo ayol?» deb so‘radilar.
«Ayolman», dedi u. Ibn Umar Ibn Amrga o‘girildilar-da: «Alloh taolo Payg‘ambar tili
orqali erkaklarga taqlid qiluvchi ayollarni va ayollarga taqlid qiluvchi erkaklarni
la’natlagan», dedilar».
Ko‘chaga chiqqanda nomahramlarga zeb-ziynat va taqinchoqlarini ko‘rsatib
yuradigan,
mushk-anbar va har xil xushbo‘yliklar bilan o‘ziga oro beradigan hamda kalta va tor
liboslar kiyadigan ayollar ham mal’undirlar. Bu ishlarning barchasini, ya’ni, o‘zini
bozorga solib, jamolini ko‘z-ko‘z qilib yurishni Alloh taolo yomon ko‘radi.
Lekin ming
afsuslar bo‘lsinki, ko‘p ayollar shaytonning tuzog‘iga ilingandirlar. Payg‘ambar sollallohu
alayhi vasallam ular haqida: «Do‘zaxga boqib, uning ko‘pchilik ahli ayollar ekanligini
ko‘rdim», deganlar (Muslim rivoyati).
Yana u zot sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «O‘zimdan
keyin erkaklar uchun
ayollardan ko‘ra zararliroq fitna qoldirmadim» (Muslim rivoyati).
Alloh taolodan bizni ayollar fitnasidan saqlashini va O‘z fazlu marhamati ila ularni ham,
bizni ham isloh etishini so‘raymiz.
O‘n to‘qqizinchi gunohi kabira
Dostları ilə paylaş: