Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarga
taqlid qiluvchi erkaklarni va erkaklarga taqlid qiluvchi ayollarni la’natladilar» (Buxoriy,
Abu Dovud rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayolsifat erkaklarni va erkakshoda ayollarni
la’natlaganlar» (Buxoriy rivoyati).
Kiyinish va gapirishda erkaklarga o‘xshaydigan ayollarga erkakshoda ayollar deyiladi. Bir
rivoyatda: «Alloh erkakshoda ayollarni la’natladi», deyilgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollar
kiyimini kiyadigan erkakni va erkaklar kiyimini kiyadigan ayolni la’natladilar» (Abu
Dovud, Nasoiy, Hokim).
Agar ayol kishi erkaklarga xos bo‘lgan liboslarni kiysa, u o‘zini erkaklarga o‘xshatgan
hisoblanadi va Alloh va Rasulining la’natiga duchor bo‘ladi. Eri ham agar uning shunday
yurishiga imkon bersa (ya’ni, rozi bo‘lsa va uni qaytarmasa) mal’undir (la’natlangandir).
Chunki u ayolini Allohga itoat etishga undashi va gunoh ishlardan qaytarishi lozim. Zero,
Alloh taolo aytganki:
«Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli-oilalaringizni do‘zaxdan saqlangizki,