www.ziyouz.com kutubxonasi
87
hijoblaninglar (o‘zingizni parda ortiga olinglar)» dedilar. Biz: «Yo Rasululloh, u kishi ko‘r
emasmi? Bizni ko‘rmaydilar-ku», degan edik, u zot: «Nima, sizlar ham ko‘rmaysizlarmi?
Uni ko‘rmayapsizlarmi?» dedilar» (Abu Dovud, Termiziy rivoyati).
Erkaklar nomahram ayollardan ko‘zlarini tiyishga buyurilganlaridek, ayollar ham
nomahram erkaklardan ko‘zlarini tiyishga buyurilganlar.
Mabodo, ayol kishi ota-onasini yoki qarindoshlarini ziyorat qilish, hammomga borish kabi
zaruriy ishlar uchun tashqariga chiqishga majbur bo‘lsa, yasan-tusan qilmasdan, o‘ziga
oro bermasdan, keng, qalin kiyim kiyib, erining ruxsati bilan chiqsin. Yo‘lda
ketayotganida u yoq-bu yoqqa alanglamasdan, yerga qarab, yo‘l chetidan yurishi lozim.
Illo, osiy bo‘ladi.
Hikoya qilishlaricha, bir ayol uyidan tashqariga chiqqanda yasan-tusan qilib yurar edi. U
vafot etgach, qarindoshlaridan biri tushida uni ko‘ribdi. U Alloh azza va jalla huzuriga
yupqa kiyimda boribdi. Shu payt birdan shamol esib, ayol ochilib qolibdi. Alloh taolo
undan yuz o‘giribdi-da: «Uni chap tomonidan ushlab do‘zaxga tashlanglar. U dunyoda
yasan-tusan qiluvchilardan edi», debdi.
Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Bironta ayol dunyoda eriga ozor bersa, u (kishi)ning hurul iynlardan bo‘lgan
xotini: «Alloh halok qilgur, unga ozor berma. U sening oldingda vaqtincha mehmon
xolos. U yaqinda sendan ajrab, bizga keladi», deydi» (Termiziy rivoyati).
Fasl
Ayol eriga itoat etishga, roziligini qozonishga buyurilganidek, er ham xotiniga ehson
qilishga, lutf-marhamat ko‘rsatishga, uning ayrim nojo‘ya harakatlariga sabr qilishga,
yaxshi, tinch-totuv yashash, yedirib-ichirish va kiydirish kabi haqlarini ado etishga
buyurilgan. Alloh taolo aytadiki: