«Ular bilan xushmuomala bo‘lib, tinch-totuv yashanglar» (Niso surasi, 19).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Ogoh bo‘linglar, ayollarga doimo
yaxshi munosabatda bo‘linglar. Ular sizlarning qo‘l ostingizdagi asirlar, xolos. Bundan
boshqa ularning biron narsasiga egalik qila olmaysizlar. Magar ular ochiq fahsh ishni
qilsalar (unda haqqingiz bor). Agar itoatsizlik qilsalar, ularni yotoqlarida tark etinglar,
so‘ngra jarohat yetkazmaydigan qilib uringlar. Agar itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa
yo‘l axtarmanglar.
Ogoh bo‘linglarki, ayollaringiz ustida sizlarning haqqingiz bor va sizlarning ustingizda
ayollaringizning haqqi bor. Ular ustidagi haqlaringiz – to‘shagingizni siz yoqtirmaydigan
kimsaga bostirmasligi va siz yoqtirmaydigan kimsani uyingizga kiritmasligidir. Sizning
ustingizdagi haqlari – ularga kiyimlari va taomlarini ehson qilishingiz» (Ibn Moja,
Termiziy rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshilaringiz ahliga yaxshi bo‘lganlaringizdir»,
dedilar (Ibn Hibbon rivoyati).