«... Va o‘zi (islomga) ashaddiy xusumatchi bo‘lgan holida dilidagi «iymoni»ga Allohni guvoh keltiradi» (Baqara surasi, 204).
Ya’ni, aslida dili kufr va munofiqlik illati bilan muhrlangan bo‘lsa-da, o‘zini iymonli deb
da’vo qiladi va bu da’vosini «Alloh shohid» deb isbotlashga urinadi. Holbuki, u ashaddiy
xusumatchi bo‘lib, nohaqlik – botil bilan bahs-munozara qiladi.
«(Oldingizdan) ketganida esa yerda buzg‘unchilik, ekin va nasllarni halok qilish uchun yugurib-elib yuradi. Alloh esa buzg‘unchilik-fasodni sevmaydi» (Baqara
surasi, 205).
Ya’ni, fasodni yomon ko‘radi, fasodchilarni yoqtirmaydi. Hujjatul Islom Fazzoliy
aytganlar: «Bahs-munozara – o‘zingni bilimdon qilib ko‘rsatib, boshqani tahqirlash
niyatida xatosini izhor etib, ta’na qilishingdir».
Tortishuv (mujodala) o‘z mazhabini boshqasidan ustun qo‘yish va fikrini ma’qullashdan
iborat.
Xusumat esa mol yoki boshqa bir ko‘zlagan narsasini qo‘lga kiritish uchun aytgan gapida
qat’iy turib olishdir. U gohida biron narsani yoqlashi, gohida e’tiroz qilishi mumkin. Bahs-
munozarada esa faqat e’tiroz bo‘ladi».