Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
26
Bu sudda qaysi taraf haq ekanini bilmasdan turib, ilmsiz holda xusumatlashib ketgan
da’vogarning vakiliga o‘xshaydi.
Yana
haqini talab qilsa-yu, biroq haddidan oshsa, murosasizlik qilib yolg‘on gapirsa,
xusumatchiga aziyat yetkazadigan so‘zlarni so‘zlasa, bunday kishi ham qoralangan.
Xuddi shuningdek, xusumatchini bo‘ysundirish va sindirish uchun faqat sarkashlik qilib
xusumatlashish ham ta’qiqlanadi.
Biroq mazlumning murosasizlik
va isrofga berilmasdan, chegaradan chiqmasdan,
sarkashlik va aziyat yetkazishni qasd etmasdan turib, shar’iy yo‘l bilan hujjat keltirishi
harom emas. Lekin shunday bo‘lsa-da, xusumatni butunlay tark etgani ma’qulroq.
Chunki xusumatlashayotganda tilni mo‘’tadil – adolat chegarasidan chiqarmay tiyib
turish juda mushkul.
Bundan tashqari, xusumat qalbni nafratga to‘ldiradi, g‘azabni
uyg‘otadi. Fazab kelsa, tabiiyki, xusumatchilar orasida kek, gina-kudurat hosil bo‘lib,
ularning har biri boshqasining qayg‘usidan shodlanadigan
va quvonchidan xafa
bo‘ladigan hamda bir-birining or-nomusiga til tekizadigan bo‘lib qoladi.
Xullas, kimki xusumatlashsa, ushbu ofatlarga duchor bo‘ladi. Hech bo‘lmaganda, qalbi
mashg‘ul bo‘lib, hatto namozida ham o‘y-yodi xusumatchisida bo‘lib qoladi. Zero,
xusumat, shuningdek, tortishuv va bahs-munozara ham yomonlik manbaidir.
Kishi boshqa
hech chorasi qolmaguncha, xusumat eshigiga yaqin yo‘lamasligi darkor.
Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Kim nohaq bo‘laturib bahs-munozarani tark etsa, uning uchun jannat
chekkasida
bir uy bino qilinadi, kimki haq bo‘la turib tark etsa, uning uchun jannatning
o‘rtasiga (qasr) bino qilinadi. Kimning xulqi go‘zal bo‘lsa, uning uchun jannatning eng
oliy joyiga (qasr) bino qilinadi» (Abu Dovud, Termiziy rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Xusumat juda xatarli ishdir!» deb aytgan ekanlar.
Fasl
Abu Hurayra roziyallohu
anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Odamlar hidoyatda bo‘lganlaridan keyin faqat talashib-tortishishga berilganlari
sababligina haq yo‘ldan og‘dilar», dedilar-da, quyidagi oyatni o‘qidilar:
Dostları ilə paylaş: