Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
28
Hofiz Abu Nua’ym «Hil’a» kitoblarida Shafiy ibn Mati’dan rivoyat qiladi: «To‘rt toifa
kimsalar o‘zi azoblanayotgan do‘zax ahliga yana ozor beradilar. Ular «Hamim» (qaynoq
suv) va «jahim» (do‘zax olovi) orasida sarson bo‘ladilar, o‘zlariga o‘lim va halokat
tilaydilar. Do‘zax ahli bir-birlariga: «Bularga nima bo‘lganki, o‘zimiz azoblanayotganimiz
yetmaganiday, yana bizga ozor berishyapti?» deyishadi. Ulardan biri cho‘g‘dan bo‘lgan
tobutga qamalgan bo‘ladi. Boshqasi ichak-chavoqlarini tortayotgan bo‘ladi. Yana birining
og‘zidan yiring va qon oqayotgan bo‘ladi. Va oxirgisi o‘z go‘shtini yeyotgan bo‘ladi.
Tobutdagi kishiga: «Bunga nima bo‘lganki, o‘zimiz azoblanayotgan bo‘lsak-da, bizga
ozor berdi?» deyiladi. Aytadiki: «Bu kishi o‘lib, bo‘ynida odamlarning moli qolgan-da,
unga vafo qilmagan». Keyin ichak chavog‘ini tortayotgan kimsaga: «Bunga nima
bo‘lganki, o‘zimiz azoblanayotgan bo‘lsak-da, bizga ozor berdi?» deyiladi. Aytadiki, bu
kishi siydik qaeriga tegayotganiga parvo ham qilmasdi, o‘sha yerini yuvib ham
tashlamasdi. So‘ng og‘zidan yiring va qon oqayotgan kimsaga: «Bunga nima bo‘lganki,
o‘zimiz azoblanayotgan bo‘lsak-da, bizga ozor berdi?» deyiladi. Aytadiki, bu kishi har bir
fahsh va uyatsiz so‘zlarga nazar solib (eshitib), undan rohatlanardi, behayolikdan
lazzatlanardi. Oxiri go‘shtini yeyotgan kimsaga: «Bunga nima bo‘lganki, o‘zimiz
azoblanayotgan bo‘lsak-da, bizga ozor berdi?» deyiladi. Aytadiki, bu kishi g‘iybat qilib
odamlarning go‘shtini yer va chaqimchilik qilib yurar edi».
Allohdan afv va ofiyat so‘raymiz. Albatta, U rahmlilarning rahmlirog‘idir.
O‘n to‘rtinchi gunohi kabira
Dostları ilə paylaş: