www.ziyouz.com kutubxonasi
33
— Хadichaning qavmi Muhammadning qavmi bilan birgadir. Ularning xozircha islomga
kirmay turgani sizlarni aldab qo’ymasin. Uning singlisi, xolasi va uning o’g’lini
ko’rmayapsizlarmi? Ular musulmonmi musulmon emasmi, nima bo’lganda ham,
Muhammadga qarshi chiqmaydilar. Хadichaning hovlisidan qadamlari uzilmaydi. Garchi
islomga kirmagan bo’lsalarda, kechalari hammadan yashirinib vodiyga ovqat
tashiganlarini bilmaysizlarmi? Ahir Хadichaning qarindoshlari birin-ketin musulmon
bo’layotgani ham bunga yaqqol dalil-ku!" Abu Lahab tin olib, g’azab bilan davom etdi:
"Ularni yer bilan yakson qilmasak bo’lmaydi. Ishni Хadichadan boshlaymiz. Undan keyin
ishimiz oson ko’chadi".
"Abu Тolibdan boshlasak-chi", dedi biri.
“Men o’z fikrimni aytdim, — dedi Abu Lahab titrab-qaqshab, — xohlaganlaringdan
boshlayveringlar. Bu o’ta jiddiy ish. G’aflatda qolmanglar. Bir kun kechiksangiz, bir yillik
ziyon ko’rasiz. Ishni paysalga solsak, Muhammad quvvatlanib, keyin bizni mag’lub
etadi”.
O’zaro kelishib, ishni Abu Тolibdan boshlaydigan bo’lishdi. Lekin ulardan biri bu fikrni rad
etdi: "Keksayib, kasal bo’lib yotib qolgan Abu Тolibni qo’yinglar. U qattiq og’rib yotibdi.
Хohlasa ham Muhammadga yordam berolmaydi".
Bu fikrni hammasi jo’yali topishdi. Abu Тolib ota-bobolarining dinida qolganidan g’urur
tuyishdi. So’ng Abu Тolibning huzuriga borib, maqsadlarini bayon qilishdi. Bu paytda
Rasululloh sallallohu alayhi vassallam ham o’sha yerda edilar. Ularning ko’zlarida
yomonlik, ovozlarida dushmanlik zohir edi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam
uylariga borib, sukutga toldilar.
"Ey Rasululloh, nimaga hafasiz? Ko’nglingizni nima ranjitdi?" deya so’radi Хadicha
onamiz.
"Ey Хadicha, amakim Abu Тolibning vafoti yaqinlashdi.
Kofirlar esa uning o’limini kutmoqdalar. Meni hafa qilayotgan narsa mana shu..." dedilar
Payg’ambarimiz ma’yuslik bilan. Onamiz yuzlaridan nur sochib, Rasulullohga qaradi va
yumshoqlik bilan: "Ey Rasululloh ular xohlagan narsalariga erisha olmaydilar. Albatta,
Alloh biz bilan birgadir. Botil hech qachon haqdan g’olib bo’la olmaydi. Abu Тolib
Allohning chaqirig’iga "labbay" der ekan, unga hech qanday zarar yetmaydi. Axir, Abu
Тolibning Parvardigori ulardan ko’ra quvvatlidir", dedilar.
Rasululloh bu so’zlardan taskin topib, hafaliklari tarqaldi. Тoki Abu Тolibning vafoti
haqidagi xabarni eshitgunlarigacha o’rinlaridan turmadilar. Bu xabarni eshitib,
ul zotning yuzlari o’zgardi. Qo’rg’onidan ulkan bir ustunning qulaganini his qildilar.
O’zlariga suyanchiq bo’lgan, ko’p yordam bergan amakisining hovlisiga qarab
shoshildilar. "Ey Хadicha, endi yonimda sendan boshqa hech kim qolmadi", dedilar.
Allohga iltijo qilib, umrini uzoq, ishlarini barakotli qilishini so’radilar.
Amakisining motamida ko’plab Quraysh mushriklari ham yig’ilishgan edi. Qalblaridagi
husumat shundoqqina yuz-ko’zlarida aks etib turardi. Ular azada emas, go’yo to’yda
ishtirok etayotganday hursand edilar. Ya’ni: "Ey Muhammad, mana, suyanchig’ing Abu
Тolib o’ldi. Endi Хadichadan boshqa tarafdoring qolmadi. Uni ham tezda yo’q qilamiz.
Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy