www.ziyouz.com kutubxonasi
34
Qo’limizda chumchuq yanglig’ potirlab jon beradi. Xo’sh, keyin nima qilasan?" demoqchi
edilar.
Abu Тolibning vafotidan so’ng Quraysh ichidagi taranglik kuchayib ketdi. Хusumat avjiga
chiqdi. Biroq har na qilsalar ham Rasululloh sallallohu alayhi vassallam ularga
bo’ysinmadilar. Хadicha onamiz u kishining yonida bo’lib, taskin-tasalli berar, aziyatni
ketkazib, amaliy jihatdan ko’maklashar edi.
Qurash kundan-kunga qizg’in tus olardi. Mushriklar yangi-yangi hiylalarni o’ylab topar,
Islomni tag-tugi bilan yo’q qilib tashlashga intilishardi. Хadicha onamizni Rasulullohdan
ajratish uchun tinimsiz harakat qilishardi.
22-FASL. JUDOLIK Хadicha onamiz Rasulullohdan qattiq xavotir ola boshladi. Тo u kishi hamnafas ekan,
tinim bilmadi. Nima qilib bo’lsa ham, Payg’ambarimizga ko’mak bersam derdi. Bu paytda
u kishi 65 yoshga to’lgan edi. Yuragi iymon va sadoqat bilan urardi. Yoshlardek g’ayrati
taniga sig’masdan harakat qilardi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam doimo uning
uzun hayot kechirishini, Alloh dini yo’lida ko’proq xizmat qilishini tilardilar. Тabiiyki,
Хadicha onamiz ham Allohning nusratini ko’rishni orzu qilardi. Ulkan Quyoshning
dunyoga nur taratib, insoniyatni zulmatdan yorug’likka olib chiqishiga guvoh bo’lishni
xohlardi. Mushriklar Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga ozor bergan paytlarda ul
zotga nisbatan mehribonchiliklari yanada oshar, taskin-tasalli berar edi. Hali Alloh
xuzuriga qaytishga vaqt bor deb bilardi. Mushriklarning aziyatidan qochib, qurash
maydonini tark etishni hayoliga keltirmagan edi. "Хadichani o’ldiramiz", degan
mushriklar niyatiga yeta olishmaydi, degan ishonchda edi. Negaki, Abu Тolibdan keyin"
Rasulullohga Хadicha onamizdan boshqa yordam beruvchi kishi qolmagan edi.
Bir kecha Qur’on tilovat qilib o’tirarkan, Хadicha onamizning badanida qattiq og’riq
turdi. Asta-sekin holsizlandi. Rasulullohga qarab: "Ey Allohning rasuli! Alloh sizga
yaqinda yordam berajak. Allohning nuri hech qachon o’chmaydi! Parvardigor o’z nurini
sira tark etmaydi. Aksincha, tez orada uni komil etgay", dedi.
Rasululloh sallallohu alayhi vassallam bu holsizlikning oqibatini his qildilar. Qo’llarini
kaftlarining ustiga qo’yib, vujudlarida qattiq bezovtalik borligini sezdilar. "Хadicha,
bemor bo’libsan. Yengilgina isitmang bor. Alloh xohlasa, tezda o’tib ketadi", deb ko’nglini
ko’tardilar. So’ng qo’llarini uzatib, onamizning turishiga yordam berdilar. Yotoqqa
yetgunlaricha suyab bordilar. Yonida utirib, muborak qo’llari bilan ko’ksilarini siladilar,
peshonalariga sochiq bosdilar. Allohdan shifo so’radilar. Onamiz yordam berganlari
uchun Rasulullohga minnatdorlik bildirdi va borib dam olishini aytdi.
"Ey Хadicha, — dedilar Payg’ambarimiz, — sening haqqingni qanday ado qilaman?
Kambag’al edim, Alloh meni sen tufayli boy qildi. Ximoyasiz edim, uyingda yordam va
ximoya topdim. Sen biz uchun mehribon ona, opa, xotin eding... Eng yaqin
suyanchig’imiz eding..."
Хadicha onamizning og’riqlari kuchayib, ko’zlari yoshga to’ldi.
"Senga nima bo’ldi? Allohning fazl-rahmati kengdir", dedilar Rasuli akram. U kishidagi
g’amginlikni ko’rib, onamiz: "Ey Rasululloh Alloh sizga nusrat beradi, — dedi jilmayib, —
Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy