www.ziyouz.com kutubxonasi
75
– Ushbu bug’doy va arpa o’rniga bahosi qadar aqcha bersa, durust bo’ladimi? – Durust bo’ladi.
– Sadaqasi qanaqa kishilarga beriladi? – Zakot beriladigan faqir kishilarga beriladi.
Nafl sadaqa – Nafl sadaqa qanaqa sadaqadir? – Zakot, ushur, fitr sadaqasi, fidya va kafforatlardan boshqa, kishiga farz yo vojib yoki
lozim bo’lmagan sadaqadir.
– Nafl sadaqa bermak lozimmi? – Farz yo vojib emas, lekin g’oyatda savobli, mustahab amaldir. Gunohlarning avf
qilinishiga, balolardan saqlanishga sabab bo’ladi.
– Faqirligi sababidan sadaqa so’ragan kishiga qanaqa muomala qilinadi? – Oz bo’lsa-da, biror narsa berib yuborishga harakat qilish kerak. Bermaganda ham
unga qattiq so’z aytmay, berganini minnat qilmay, yumshoq so’z bilan ko’nglini ko’tarib
yuborish lozim. «Har ikkimizga Alloh taolo xayrli davlat bersin», deb duo qilgan yaxshi.
– Sadaqa olgan kishi sadaqa bergan kishini nima deb duo qiladi? – Ushbu duo birla duo qiladi:
«Allohumma ihfaz sohiba hazihis-sodaqoti anil ofoti val baliyyati vag’fir zunubahu va akid iymanahu va vaffiqhu ‘ala xoyri maqosiduhu» .
Ma’nosi: «Ey bor Xudoyo, ushbu sadaqa qiluvchi kishini har turli ofat va balolardan
saqlagin va ham uning imonini qutlug’ qilgin va ham uning mollarini ko’p qilgin va ham
uni xayrli maqsadlariga yetkazgin».
Qurbonlik – Qurbon ma’nosi nima? – Alloh taolo uchun bo’g’izlanadigan hayvondir.
– Qurbonlik qanday kishiga vojibdir? – O’z hojatidan ortiq kumush nisobi miqdoricha moli bor bo’lgan boy kishiga vojib
bo’ladi.
– Qurbonlik qaysi vaqt so’yiladi? – Qurbon hayiti kuni, ya’ni zulhijja oyining o’ninchi kunida qurbon hayiti namozi o’qilgan
so’ng so’yiladi.
– U kunda so’yilmay qolsa, nima qiladi? – O’n birinchi yoki o’n ikkinchi zulhijjada so’yilsa ham durust bo’ladi.
– O’n uchinchi kuni so’yilsa-chi? – Durust bo’lmaydi, chunki o’n ikkinchi zulhijjada quyosh botgandan keyin qurbonlik
so’yishning vaqti chiqadi.
– Qurbonlikni kechasi so’ysa bo’ladimi? – Durust bo’lmaydi, makruh bo’ladi.
– Bir kishi o’n birinchi va o’n ikkinchi zulhijjada qurbonlikni so’ya olmay qolsa, nima qiladi? – Qurbonlik uchun olgan hayvonni yoki o’sha hayvon bahosi miqdoricha aqchani sadaqa
qiladi.
– Qurbonlikka qanday hayvonlarni so’ysa bo’ladi?