Zakot berib bo’lmaydigan kishilar – Qanday kishilarga zakot berib bo’lmaydi? – O’zining ota-onasiga, bobo va buvisiga, o’zidan tug’ilgan bolalariga, bolalarining
bolalariga, er xotiniga va xotin eriga, nisob qadar moli bo’lgan boy kishiga va boy
kishining sag’ir bolalariga zakot berish durust emas.
– Zakotni kimlarga berish yaxshiroq ?
– O’zining faqir qarindoshlariga, ilm toliblariga, kasb qilolmaydigan ulamolarga, faqir,
beva xotinlarga, kasbdan ojiz bo’lgan haqiqiy faqir kishilarga berish yaxshiroqdir.
– Boy kishiga berilgan sadaqa zakot hisob qilinadimi? – Zakot hisob qilinmaydi, nafl sadaqa ham bo’lmaydi, balki tuhfa va hadya hukmida
bo’ladi, davlati bo’la turib zakot olgan kishi zo’r gunohkor bo’ladi.
– Bir kishi zakot farz bo’lib ado qilolmasdan vafot etib ketsa, qolgan molidan zakotni chiqarish lozim bo’ladimi ?
– Zakotni chiqaringlar, deb vasiyat qilmagan bo’lsa, zakot chiqarish lozim emas, ammo
zakot chiqaringlar, deb vasiyat qilgan bo’lsa, qolgan molining uch bo’lagining bir
bo’lagidan zakot chiqariladi.
Ushur – Ushurning ma’nosi nima? – Molning o’n bo’lagidan bir bo’lagi, demakdir.
– Qanaqa molning ushurini berish vojib bo’ladi? – Yomg’ir suvi va jilg’a suvi bilan o’sgan g’allalar, mevalar va bedalar ushurini hamda
shu yerda hosil bo’lgan asalning ushurini berish farz bo’ladi.
– G’alla qancha bo’lsa, ushurini bermak lozim bo’ladi? – Xoh oz bo’lsin va xoh ko’p bo’lsin, qancha bo’lsa ham, ushurini berish lozim. Ushurda
zakotga tayin qilingan nisob yo’q.
– Qanday kishilar g’allalaridan ushur bermoqlari lozim bo’ladi? – Boymi, faqirmi, balog’atga yetganmi, yetmaganmi – hamma ushur berishi lozim.
Zakotga o’xshash ushurga boylik, balog’atga yetishlik shart qilib qo’yilmagan.
– Hosil bo’lgan g’allaning qanchasiga ushur beriladi? – Qancha hosil bo’lsa, shunchasiga ushur beriladi, xarajatlari ham chegirilmaydi.
– O’tin va qamishga o’xshash narsalardan ham ushur beriladimi? – Berilmaydi.
– Yomg’ir yog’maydigan yerlarda asbob bilan suv tashib o’stirilgan ekinlarga to’la ushur beriladimi? – To’la ushur berilmaydi, balki ushurning qismi beriladi, ya’ni yigirma bo’lagidan bir
bo’lagi beriladi.
– Ushur kimlarga beriladi?