Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc


Nisobiga yil to’lmoq bayoni



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

Nisobiga yil to’lmoq bayoni
– Zakot bir yilda necha marta beriladi?
– Yilda bir marta beriladi. 
– Bir faqir kishining qo’liga nisob miqdoricha mol kirsa, u moldan qachon zakot berishi 
farz bo’ladi?
– Bir yil to’lgandan so’ngra zakot farz bo’ladi. Keyin shu moli kam bo’lib qolmasa, har yili 
zakot berib turadi. 
– Zakot farz bo’lgandan so’ng bermasdan qo’lida saqlash durustmi?
Durust emas, farz bo’lgandan keyin zakot berish kerak, paysalga solsa, gunohkor 
bo’ladi, lekin ba’zi ulamolar aytganlarki, paysalga solib orttirgan gunohlari zakot 
bergandan so’ng ko’tariladi. 
– Bir kishining yil avvalida ham, yil oxirida ham nisob miqdoricha moli bo’lsa, lekin yil 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
71
o’rtasida kamayib turgan bo’lsa, u kishining zakot berishi farz bo’ladimi?
– Albatta, farz bo’ladi. Chunki yilning oxiri mo’’tabardir. 
– Bir kishining yil avvalida bir nisob moli bo’lsa, yil to’lguncha shu mol ustiga mol 
qo’shilib, miqdori bir necha nisobga yetsa, bu kishining necha nisobdan zakot berishi 
farz bo’ladi?
– Yil oxirida mol necha nisobga to’lgan bo’lsa, o’shancha nisobga zakot 
berishi farz bo’ladi. 
Zakot niyati
– Biror kishiga sadaqa deb bir oz aqcha yoki bir oz mol berilsa, bergan vaqtida zakotga 
deb niyat qilinmasa, shu sadaqani zakotga hisob qilinsa, durust bo’ladimi?
– Durust bo’lmaydi, chunki sadaqa zakot hisobiga o’tishi uchun u beriladigan vaqtda yoki 
atab ayirib qo’yilgan vaqtda zakotga niyat qilinish shartdir. Zakot deb niyat qilinmasdan 
berilgan sadaqa zakotdan hisob qilinmaydi. 
– Zakot deb beriladigan mol nechuk jins va nechuk zotdan bo’lmog’i lozim

– Sof oltin yoki kumush aqcha yoki sotib olinadigan boshqa mol bo’lmog’i lozim.
– Qog’oz aqchani zakot deb berilsa, zakotga hisob qilinadimi?
– Shubhalidir, chunki qog’oz aqcha haqiqiy aqcha emasdir, balki qarz qog’ozi va qarz 
hujjatidir. 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin