www.ziyouz.com kutubxonasi
81
tamom chiqadilar. Ehromdan chiqqandan keyin o’zlarining rasmiy liboslarini kiyadilar.
– Hojilar hayit namozini qaysi yerda o’qiydilar? – Minodan Makkaga borib yetishsalar, Makkada o’qiydilar, yetishmasalar, o’qimagan
hollaricha qoladilar. Musofir hojilarga hayit namozini o’qish vojib ham emas.
– Farz tavofni ado etganlar keyin nima qiladilar? – Yana Minoga borib, o’n birinchi, o’n ikkinchi va o’n uchinchi zulhijjada har kun maxsus
joylarda otiladigan jamra toshlarini otadilar.
– Undan keyin-chi? – Yana Makkai Mukarramaga qaytib, vido tavofini qiladilar. Zam-zam suvidan ichadilar.
Boshlariga va yuzlariga sepadilar. Ka’bai muazzama ostonasini bo’sa qiladilar. Ka’ba
eshigi bilan Hajarul asvad orasidagi «Multazam» degan joyga yuzlarini va siynalarini
surtib muboraklanadilar. Ka’baning pardasini tutib yuzlariga surtadilar, xonai Ka’badan
va boshqa muborak joylardan judo bo’ladilar, g’oyatda ixlos ila xohlagan maqsudlarini
tilab duo qiladilar, undan so’ng Ka’baga yuzlangan hollaricha orqalari bilan yurib
Ka’badan chiqadilar. So’ngra Makkai Mukarramadan chiqib qaytishga tayyor bo’ladilar.
Madinai Munavvaraga borish – Hojilarga Madinai Munavvaraga borib Payg’ambarimiz hazrati Rasuli akram (s.a.v.)ning sharafli qabrlarini – ravzai mutohharalarini ziyorat qilish farzmi? – Farz emas. Lekin farz bo’lmasa ham, g’oyatda zarur mustahab amaldir, chunki hazrati
Rasuli akram (s.a.v.): «Men vafot qilganimdan so’ng har kim qabrimni ziyorat qilsa,
go’yo o’zimni tirik holimda ziyorat qilgan hukmidadir, men u kishini qiyomatda shafoat
qilaman», deb va’da etganlar.
Tanbeh: haj amallarini qilishda va ham Madinai Munavvarada muborak joylarni va
qabrlarni ziyorat qilishda rioya etish zarur bo’lgan ko’p odoblar va o’qiladigan duolar bor.
Ularning hammasini bu kitobda bayon qilishning imkoni yo’q. Hajga boradigan kishilar
«Hajnoma» va «Manosiki haj» nomli kitoblarni biror martaba o’qib chiqishi va haj
mavsumida o’zi bilan hamroh qilib, ko’rib yurishi lozim. Bunday kitoblar duolarni ta’lim
beradi va ham ziyorat qilishning odoblarini bildiradi.