Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc


«Sajadtu lir-rohman va amantu bir-rohman fag’firli zunubi ya rohman. Sami’na



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

«Sajadtu lir-rohman va amantu bir-rohman fag’firli zunubi ya rohman. Sami’na 
va ato’na g’ufronaka robbana va ilaykal masiyr». 
Ma’nosi: «Alloh uchun sajda qildim va ul Allohga imon keltirdim, bas, mening 
gunohlarimni avf qilgin, ey rahmat qiluvchi Alloh. Ey Parvardigorimiz, biz Sening avf 
qilmog’ingni eshitdik va ham Senga itoat qildik va oxiratda ham Sening hukmingga roje’ 
bo’lib va Unga qayturmiz». 
– Ushbu sajdaning nechta sharti bor?
– Yettita.
– Ular qaysilar?
– Namozda bo’lgandek tahoratda bo’lish; badan, libos va o’rinning pok bo’lishi; avrat 
berkitilgan bo’lishi; qiblaga qarab turish; niyat qilish. 
– Tilovat sajdasida qo’l ko’tarib takbir aytish va ruku’ qilish lozim bo’ladimi?
– Takbirda qo’l ko’tarish va ruku’ qilish lozim emas, balki qiyomda turib yoki o’tirib niyat 
qilish ila to’g’ri sajdaga ketish lozimdir. 
– Namozning sajdasiga o’xshash bu sajda ham ikki marta qilinadimi?
– Bir marta qilinadi. 
– Bu sajda qay vaqt qilinadi?
– Sajda oyatini o’qiganda. Namoz o’qish makruh bo’lmagan vaqtlarda durust bo’ladi. 
– Sajda oyati o’qilgach, sajdani shu kun yo shu soatda qilmasdan keyin qilsa, durust 
bo’ladimi?
– Durust bo’ladi, lekin sajda oyatini o’qigan vaqtda tezlik ila qilsa, savobliroqdir. 
– Bir kishi sajda oyatlaridan birini namoz ichida o’qisa, nima qiladi?
– Sajda oyatini o’qib turib to’xtamasdan ruku’ qilsa, sajda o’rniga o’tadi. Boshqa sajda 
qilishi lozim emas. Agar sajda oyatini o’qigan holda ruku’ qilmoqchi, ammo ruku’gacha 
yana bir necha oyat o’qimoqchi bo’lsa, unda sajda oyatini o’qigan vaqt takbir aytib 
sajdaga boradi-da, bir sajda qilib yana qiyomga qaytadi. So’ng ruku’ qilguncha 
o’qimoqchi bo’lgan oyatlarni o’qib, ruku’ qiladi.
– Imom sajda tilovatini qilganida imomga ergashgan kishi va masbuq (namozga kech 
kirgan kishi) ham sajda qiladimi?
– Ular ham imomga ergashgan bo’lib sajda qiladilar. 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin