www.ziyouz.com kutubxonasi
44
- U vaqtda to’rt rakatni tamom qilib, imomga ergashadi. Farzdan so’ng to’rt rakat
sunnatni qazo qilish lozim emas.
Qazo namozi – Bir kishi bir namozni uzr sababli o’z vaqtida o’qimasa, nima qiladi? – So’ngra qazo qilib o’qiydi.
– Bir kishining bir namozi qazo bo’lib, ikkinchi namozning vaqti kirib qolsa, u kishi qaysi namozni o’qiydi, ya’ni avval qazo namozni o’qiydimi yoki vaqti kirgan namozni o’qiydimi? Masalan, peshin namozi qazo bo’lib, hanuz qazosini o’qimay, asr namozining vaqti kirib qolsa, avval peshin namozining qazosini o’qiydimi yoki asrni o’qiydimi? – Umrida namozlarni besh martadan ortiq qazo qilmagan kishi bo’lsa, avval qazo bo’lgan
namozni o’qib, undan so’ng vaqti kirgan namozni o’qishi farzdir. Qazo bo’lgan namozni
o’qimasdan vaqti kirgan namozni o’qishi durust emas. Ammo umri davomida besh
namozdan ortiq qazo qilgan kishidan bu tartib soqitdir. Ya’ni, unga tartib farz emas, u
tartib egasi emas. Demak, u kishi xohlasa, qazo bo’lgan namozni avval o’qiydi.
– Tartib soqit bo’lmagan kishi qazo namozni esdan chiqarib, vaqti kirgan namozni o’qisa, namozi tamom bo’lmasdan qazo bo’lgan namozi esiga tushsa, o’qib turgan namozi buziladimi? – Buziladi.
–
Vaqti kirgan namozni o’qib tamom qilgandan so’ngra qazo qilgan namozi esiga tushsa, o’qilgan namozi durust bo’ladimi? – Durust bo’ladi, boshqatdan o’qish lozim emas.
–
Qazo bo’lgan namozga mashg’ul bo’lsa, keyingi namozning vaqti chiqib ketish xavfi bo’lsa, avval qaysi namozni o’qiydi? – Avval vaqti kirgan namozni o’qiydi, qazo namozni undan keyin o’qiydi.
–
Uzrsiz biror namozni o’z vaqtida o’qimasdan qazoga qoldirish durust bo’ladimi? – Durust bo’lmaydi, nihoyatda ulug’ gunohlardandir.
–
Bir kunning besh vaqt namozi qazo bo’lsa, avval qaysini qazo qiladi? – Bomdod namozidan boshlab to xufton namozigacha o’z tartibida qazo qiladi.
–
Qazo bo’lgan namozning faqat farzini o’qiydimi yoki sunnatni ham o’qiydimi? – Faqat farzini o’qiydi, sunnatini o’qimaydi, lekin bomdod namozi qazo bo’lgan bo’lsa,
peshin vaqti kirmasdan qazosini o’qisa, u vaqtda bomdodning sunnatini ham qazo qiladi.
–
Vitr namozi vaqtida o’qilmasa qazo qilinadimi? – Qazo qilinadi.
–
Juma va hayit namozlari-chi? – Qazo qilinmaydi. Jumani o’qimay qolgan kishi o’rniga peshin namozini o’qiydi. Ammo
hayit namozini qazo ham qilmaydi va o’rniga o’qiladigan namoz ham yo’q.
–
Bomdod namozi, shom namozi va xufton namozi qazo qilinganda avvalgi ikki rakatlar ovoz chiqarib o’qiladimi yoki ichida o’qiladimi ?
– Ushbu namozlar jamoat bilan qazo qilinsa, ovoz chiqarib o’qish imomga vojibdir.
Yolg’iz qazo qiluvchiga ichda o’qish vojibdir.