Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
57
– Uch rakatning har qaysisida ham ovoz chiqarib o’qiydi.
– Qunut duosini-chi?
– Ichda o’qiydi.
– Qunut duosini imom orqasida turganlar ham o’qiydilarmi?
– Albatta, har qaysilari o’qiydilar.
Janoza namozi
–
Janoza namozi qanaqa namozdir?
– Mayyit, ya’ni o’lik uchun o’qiladigan namozdir.
–
Janoza namozi farzmi, vojibmi?
– Farzi kifoyadir. Shu tariqaki, bir mayyitga mahalla jamoasidan bir kishi o’qisa, kifoya
qiladi, boshqa kishilardan soqit bo’ladi. Ular o’qimaganlari sababli gunohkor
bo’lmaydilar. Agar hech bir kishi o’qimasa, gunohkor bo’ladilar. Qancha kishi o’qisa,
o’qiganlarning har qaysisi savobga ega bo’ladilar.
–
Janoza namozining shartlari nechta?
– Sakkiztadir:
1) tahoratli bo’lish;
2) badanning pok bo’lishi;
3) libosning pok bo’lishi;
4) oyoq tarafi pok bo’lishi;
5) avratni bekitish;
6)
qiblaga qarab turish;
7) niyat qilish;
8) mayyit yuvilgan bo’lishi (mayyit zulm bilan o’lib, shahid bo’lgan bo’lsa, yuvilmagan
holicha janoza o’qiladi).
–
Janoza necha rakatdir?
– Janoza namozida rakat yo’q. To’rt takbir bilan tamom bo’ladi. Ushbu to’rt takbir to’rt
rakat hukmidadir. Janoza namozida ruku’, sajda, qa’da
qilinmaydi, qiyomda turgan
holda tamom qilinadi.
–
Janoza namozi qanday o’qiladi?
– «Ushbu mayyit uchun janoza namozini o’qishni niyat qildim. Oldda turgan imomga
ergashdim. Xolis Alloh taolo uchun. Allohu akbar», deb quloq yumshog’iga qo’l
barmog’ini yetkazadi. So’ngra qo’llarni bog’lab Sano o’qiydi. Sano o’qigandan so’ng
qo’llari bog’langan holida ikkinchi marta takbir aytadi va salovot o’qiydi. Salovotdan
keyin uchinchi takbirni aytadi. So’ngra mayyit balog’atga yetgan ulug’ kishi bo’lsa,
ushbu duoni o’qiydi:
«
Dostları ilə paylaş: