Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
58
mushaffi’an».
Ya’ni: «Va bizlar uchun shafoat qiluvchi qilgin».
Ushbu duolarni o’qigandan so’ng to’rtinchi takbirni aytib, qiyomda turgan holicha ikki
tarafga salom beradi. Shu tariqa janoza namozi tamom bo’ladi.
–
Janoza namozi tamom bo’lgandan keyin qanday duolar qilinadi?
«
Robbig’firlana va li hazal mayyiti vaftah lahu fi qobrihi. Allohumma zid ajrohu
va la tuzallina ba’dahu»,
deb duo qilinadi.
Ma’nosi: «Yo Rabbim, bizlarning gunohlarimizni va ushbu mayyitning gunohini avf qilgin,
unga qabrida kenglik bergin. Ey Alloh, ushbu mayyitning ajrini ziyoda qilgin va bizlarni
zalolatga tashlamagin».
–
Janoza namozida qatnashayotgan kishi takbirlarni aytayotgan chog’da boshini bir oz
ko’taradimi?
– Yo’q, ko’tarmaydi.
–
Janoza namozi o’qilganda mayyit qaerda bo’ladi?
– Janoza namozi o’qiyotganlarning oldida – Qibla tarafda bo’ladi.
–
Qay tariqa qo’yiladi?
– Boshi shimol tarafda, oyog’i janub tarafda, chalqanchasiga qo’yiladi.
–
Imom qaerda turadi?
– Qavmdan ilgariroq, mayyitning ko’kragi to’g’risida turadi. Oradagi masofa sajda
qilganda mayyitning ko’kragiga sajda qilgudek yaqin bo’lishi lozim.
–
Bir kishi janoza namozi boshlanib, biror takbir aytilgandan keyin kelib qolsa, u kishi
nima qiladi?
– Imomga ergashib, imom salom bergandan so’ng qolgan takbirni, salovotni, duoni qazo
qilib namozni tugatadi.
–
Agar janoza boshlanib qolsa, lekin tahorati bo’lmasa, agar tahoratga mashg’ul bo’lsa,
janoza namoziga yetishmaslik ehtimoli bo’lsa, nima qiladi?
– Tayammum qilib janoza namozini o’qiydi.
Dostları ilə paylaş: