Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

Ro’za fidyasi
– 
Bir qari kishi ro’za tutishga quvvati yetmasa, nima qiladi?


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
65
– Har bir kunning ro’zasi uchun bir miskinga sadaqai fitr miqdoricha fidya beradi. 
– 
Agar shu qari kishi ramazondan keyin ro’za tutishga quvvati yetgudek bo’lsa, nima 
qiladi?
– Ramazonda tutilmay qolgan kunlarning qazosini tutadi. 
– 
Homilador xotin yoki bola emizadigan ayollar ro’za tutgan holda o’ziga yoki bolasiga 
zarar bo’lishidan xavfsirasa, ro’za tutmasa ham durust bo’ladimi?
– Durust bo’ladi, lekin zarar yetishi ehtimoli arigandan so’ngra ro’zalarining qazosini 
tutadi. 
– 
Bir betob kishi ro’za tutsam, betobligim ziyoda bo’ladi, deb xavfsirasa va yo bir 
ishonchli tabib ro’za tutish zarar qiladi, deb hukm qilsa, shu betobga ro’za tutmaslik 
durustmi?
– Durust, sog’lig’i tiklangan paytda ro’zasining qazosini tutadi. 
– 
Musofir kishiga ro’za tutmaslik durustmi?
– Safar ko’p mashaqqatli bo’lmasa, ro’za tutish afzal. Tutmasa ham durust, safardan 
qaytgandan so’ng qazosini tutadi. 
– 
Bir kunning ro’zasini tutib boshlagandan keyin safarga chiqib ketsa, ro’zasi nima 
bo’ladi?
– Agar ro’zasini buzsa, qazo lozim bo’ladi, kafforat lozim emas. 

 Bir musofir kishi ro’za tutishni niyat qilmasdan erta bilan taom yesa, undan keyin 
kunduz kuni uyiga qaytib kelsa, nima qiladi?
– Shu kuni oftob botguncha ro’za kishidek yemak-ichmakdan o’zini saqlab turadi. Agar 
yesa, ichsa, qazo kifoya qiladi, kafforat lozim emas. 
– 
Bir kishining qazoga qoldirgan ro’zalari bo’lsa, tezlik bilan qazosini tutish lozimmi?
– Albatta, mumkin qadar vaqtni g’animat bilib, tezlik ila qazosini qilish afzaldir. 
– 
Bir kishining qazo ro’zalarini tutishga vaqti bo’lsa-yu tutmasdan, orada yana betob 
bo’lib, vafoti yaqinlashib qolsa, u kishi nima qilsa, vojib?
– Qolgan ro’zalarining fidyasi uchun vorislariga vasiyat qilishi vojib bo’ladi. 

 U kishi vafot qilsa, vorislari nima qiladi?
– O’sha mayyitdan qolgan molning uchdan bir bo’lagi hisobidan fidya beradilar. 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin