«Astag’firulloh, astag’firulloh, astag’firulloha taolo min kulli zanbin aznabtahu amdan av xatoan sirron av ‘ala niyatan va atubu ilayhi min az-zanbillazi a’lamu va min az-zanbillazi la a’lamu innaka anta ‘allamul g’uyub». Ma’nosi: «Alloh taolodan har bir qilgan gunohlarimni avf qilishini talab qilurman, qasddan xatolik ila oshkora, maxfiy, o’zim bilib va bilmay qilgan gunohlarimdan Alloh taologa tavba qilurman. Yo Rabbim, Sen g’ayblarni biluvchisan». Ishroq, zuho, avvobin, tahajjud, havl namozlari – Ishroq namozi qanday namoz? – Oftob tamom chiqib bo’lgandan keyin o’qiladigan namoz.
– Ishroq namozi necha rakat bo’ladi? – Ikki rakat, to’rt rakat, olti rakat, sakkiz rakat qilib o’qiladi. Sakkiz rakatdan ziyoda
qilinmaydi.
– Zuxo namozi qanday namoz? – Oftob chiqib ko’tarilgandan so’ng o’qiladigan nafl namozdir.
– Zuxo namozi necha rakatdir? – Ikki rakat, to’rt rakat yoki olti rakat, sakkiz rakat, o’n ikki rakatdir. O’n ikki rakatdan
ziyoda qilinmaydi.
– Avvobin namozi qanday namozdir? – Shom namozini o’qigandan keyin o’qiladigan nafl namozdir.
– Necha rakat bo’ladi? – Ikki rakat, to’rt rakat yoki olti rakat bo’ladi.
– Tahajjud namozi qanday namoz? – Kechasi yarim kechadan so’ngra uyqudan turib tong otguncha o’qiladigan namozdir.
– Necha rakat o’qiladi? – Ikki, to’rt, olti rakat.
– Havl namozi qanday namoz? – Bir musulmon kishining vafoti kuni savobini o’sha mayyitga bag’ishlash uchun shom
namozidan keyin o’qiladigan namozdir. Unga
«Alhakumut-takasuru» surasi o’qiladi.