«Allohumma inni astaxyiruka bi ‘ilmika va asdaqdiruka bi qudrotika va as’aluka min fazlika fainnaka taqdiru vala aqdiru va ta’lamu vala a’lamu va anta allamul g’uyyub. Allohumma in kunta ta’lamu va anna hazal amro xoyrun li fi dini va ma’ashi va aqibati amri faqdirhu li va yassirhu li summa borik li fiyhi va in kunta ta’lamu anna hazal amro sharrun li fi dini va ma’ashi va aqibatihi uxro fasrifhu anni vasrifni anhu vaqdurli alxoyro aynama kuntu innaka ‘ala kulli shay’in qodir». Ma’nosi: «Yo Rabb, batahqiq, men Sendan yaxshilik talab qilurman va ham qudrat talab
qilurman, Sening ulug’ fazlingni so’rarman, chunki Sen har narsaga qodirsan, men esam
hech bir narsaga qudratim yetmas. Sen har narsani bilursan, men esam hech bir narsani
bilmasman. Sen har qaysi g’ayb narsalarni bilursan, yo Rabb, agar ushbu men qasd
etgan ishimni dinim uchun, dunyoim uchun va oxiratim uchun yomon deb bilsang, ul
ishni mendan va meni ul ishdan qaytargin va uzoq qilgin, batahqiqki, Sening hamma
narsaga qudrating va kuching yetguvchidir».
Hojat, shukr va tavba namozi – Hojat namozi qanday namozdir? – Bir kishining Alloh taolodan talab qiladigan hojati bo’lgan vaqtda (ya’ni, bir
maqsadning hosil bo’lmog’ini tilagan zamonda) o’qiladigan ikki rakat nafl namozidir.
– Namozni o’qigandan so’ng nima qilinadi? – G’oyatda ixlos ila Alloh taolodan o’zining hojatini talab qiladi.
– Shukr namozi qanday namozdir? – Bir maqsadi hosil bo’lgan zamonda va yoki bir xayrli ne’mat kelgan zamonda shukrona
qilish uchun o’qiladigan ikki rakat nafl namozdir.
– Tavba va istig’for namozi qanday namozdir? – Xatolik bilan bir gunoh ish qilsa, pushaymon bo’lsa, tavba qilib o’sha gunohining avf
qilinishini Alloh taolodan talab etib o’qiladigan ikki rakatli nafl namozdir.
– Bir kishi shu tariqa tavba qilib ikki rakat nafl namoz o’qib Alloh taolodan gunohini tilasa, nima bo’ladi? – Alloh taolo gunohini kechirishni va’da qilgandir.
Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
61
– Unday namozni o’qigandan keyin nima duo qilinadi? – Ushbu istig’forni o’qiydi: