www.ziyouz.com kutubxonasi
68
o’xshash o’z hojatidagi mollardan ham zakot lozim bo’lmaydi.
– Qarzdor kishining qo’lidagi molidan ham zakot beriladimi? – Qarzga yetarli miqdordan berilmaydi, qarzdan ortib qolgan miqdori nisobga yetsa,
undan beriladi.
– Masalan, bir kishining o’z hojatidan ziyoda yuz so’m aqchasi bo’lsa va ham bir kishiga beradigan yuz so’m qarzi bo’lsa, shu yuz so’mdan zakot beriladimi? – Berilmaydi, chunki u o’z moli emas, balki qarz bergan kishining molidir.
– Bir kishining ikki yuz so’m aqchasi bor bo’lsa, yuz so’m qarzi bo’lsa, ushbu ikki yuz so’mdan zakot beriladimi? – Qarzga tegishli yuz so’mdan bermaydi, ortgan yuz so’m uchun beradi.
– O’z qo’lida bo’lmagan moldan zakot beriladimi? – O’zining vakili qo’lida bo’lsa yoki bir boshqa kishining qo’lida bo’lsa va unda borligiga
hujjati bo’lsa, beradi.
– Bir kishining birovga qarz bergan moli bo’lsa, o’sha molga zakot bermak lozimmi? – Qarzdor kishi o’sha molning borligiga iqror bo’lsa yoki munkar bo’lsa-da, lekin o’sha
molning borligiga hujjati bo’lsa, zakot berishi lozim.
– Yo’qolgan molga zakot beriladimi? – Berilmaydi.
Zakot beriladigan mollar – Qanday mollarga zakot beriladi? – Ushbu uch turli moldan zakot beriladi: birinchisi – oltin va kumushdan; ikkinchisi –
sotiladigan moldan; uchinchisi – sahroda o’tlaydigan hayvonlardan.
– Ushbu uch turli moldan boshqa o’z hojatidan ortiq bo’lgan mollardan zakot beriladimi ?
– Berilmaydi.
– Istiqomat qilinadigan hovliga va hovlida bor bo’lgan mato va asboblarga zakot beriladimi? – Berilmaydi.
– Ijaraga qo’yiladigan hovli va qo’ralar uchun va yana o’z mulki bo’lgan pichanlik va ekinlik yerlar uchun zakot beriladimi? – Ushbu hovli va yerlarning o’z baholaridan zakot berilmaydi, ammo ulardan paydo
bo’lgan hosil nisobga yetsa, zakot beriladi.
– Oltin-kumushdan qay tarzda zakot beriladi? – Xoh o’tga solib tanga yasalgan bo’lsa ham, xoh bir asbob qilingan bo’lsa ham, xoh
hech bir nima yasalmagan va o’z holicha turgan bo’lsa ham, har qaysisidan zakot
beriladi.
– Mis yoki biror narsa qo’shilgan oltin-kumushdan zakot beriladimi? – Mis qo’shilgan oltin-kumushda oltin va kumush ko’p bo’lsa, zakot beriladi, misi ko’p
bo’lsa, berilmaydi.
– Mis aqchadan zakot beriladimi? – Mis aqcha oltin-kumush aqcha o’rniga badal bo’lib yurgani uchun albatta beriladi.
– Qog’oz aqchaga zakot beriladimi? – Qog’oz aqcha hech bir vajhdan pul emas, balki xazinaga qarz uchun berilgan kumush
yoki oltin aqchaning sanad va hujjatidir. Shu sababdan qag’oz aqchaning o’zginasidan
zakot berilmaydi. Lekin shu qog’oz aqchaning ustiga yozilgan so’m miqdoricha xazinada
saqlanadigan kumush yoki oltindan beriladi.
– Qaysi mollar sotiladigan mollardir?