Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
66
Oy ko’rib ro’zaga kirish
–
Ramazon oyining boshi qaysi kun bo’ladi?
– Sha’bon oyining yigirma to’qqizinchi, ya’ni oxirgi kuni kechasi hilol, ya’ni
yangi
tug’ilgan oy ko’rilsa, ertasi ro’za – ramazon boshidir.
–
Sha’bon oyining yigirma to’qqizinchisida oy ko’rinmasa, nima bo’ladi?
– Sha’bon oyini o’ttiz qilib, o’ttiz birinchi kuni ramazon boshi, deb hisob qilinadi.
–
Fitr hayiti qaysi kun bo’ladi?
– Shavvol oyining birinchi kunida bo’ladi. Ramazon oyining yigirma to’qqizinchi yo
o’ttizinchi kunida kechasi shavvol oyi ko’rilsa, ertaga fitr hayiti kunidir.
–
O’ttiz kun ro’za tutgandan so’ngra kechqurun shavvol oyi ko’rinmasa, nima bo’ladi?
– Ramazon oyining boshi shubhali hisob qilinmagan bo’lsa, ertasi fitr hayiti kunidir. Agar
ramazon boshi shubhali hisob qilingan bo’lsa, o’ttiz bir kun ro’za tutiladi, o’ttiz
ikkinchi
kuni fitr hayiti bo’ladi.
–
Oy ko’rish xususida necha kishining guvohligi lozim?
– Oftob botgan vaqtda bulut bo’lmasa, yangi oyni ko’p kishi ko’rmog’i shart. Bir, ikki,
uch kishining so’zi qabul qilinmaydi. Ammo agar tepada bulut bo’lsa, ro’za tutmoq uchun
xoh erkak kishi bo’lsin, xoh xotin kishi bo’lsin, bir odil kishining so’zi qabul qilinadi.
Ammo ro’zadan chiqish, fitr iydi uchun ikki odil erkak va yo bir odil erkak va ikki odil
xotin oyni ko’rib guvohlik bermog’i lozimdir.
–
Kimlar odil kishi sanaladi?
– Ulug’ gunohlardan o’zini saqlaguvchi bolig’, oqil va komil
musulmon kishilar odil
sanaladilar.
–
Sha’bonning yigirma to’qqizinchi kuni yangi oy ko’rinmay qolsa, o’ttizinchi kuni qaysi
oydan hisob qilinadi?
– Sha’bon bilan ramazon orasidagi kun o’rtoqqa o’xshash bo’ladi. U kun sha’bonning
o’ttizinchi kuni bo’lishi
ham mumkin, ramazonning birinchi kuni bo’lishi ham mumkin,
shu sababdan u shak kuni, deb ataladi.
–
Shak kunida nima qilish lozim?
– Har bir kishi kun oqqan vaqtdan ilgarigacha oy ko’rilgani to’g’risida xabar kelib qolishi
mumkin, deb ro’zador bo’lib turishi lozim.
–
Oy ko’rilgan deb xabar kelsa va sulton qabul qilsa, nima qilinadi?
– Har bir kishi niyat qilib ro’za tutadi.
–
Oy ko’rilganning xabari yetmasa, nima qiladi?
– Har kim yeb-ichib yuraveradi, ro’za tutmaydi.
–
Shak kunida ro’za tutish durust bo’ladimi?
– Ramazon ro’zasi, deb niyat qilib ro’za tutish durust bo’lmaydi, ammo nafl ro’za
tutish
durust bo’ladi. Agar shak kuni nafl ro’za niyat qilgandan so’ng ushbu kun ramazondan
ekanligi ma’lum bo’lib qolsa, shu tutgan ro’zasi ramazon ro’zasidan hisob qilinaveradi.
Dostları ilə paylaş: