Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy  www.ziyouz.com



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
70
Hayvonlarning nisoblari
– Qo’yning nisobi qanchadir?
– Qirqtadir. Ya’ni, qirq qo’yi bor kishiga zakot berish farz bo’ladi. Qirq qo’ydan to bir yuz 
yigirma qo’ygacha bir qo’y beriladi. Bir yuz yigirma bir qo’ydan to ikki yuz qo’ygacha ikki 
qo’y beriladi. Ikki yuz bir qo’ydan to uch yuz to’qson qo’ygacha uch qo’y beriladi. To’rt 
yuz qo’y uchun to’rt qo’y beriladi. Undan so’ng har bir yuz qo’y uchun bir qo’y beriladi. 
– Sovliq qo’y bilan echkidan qay tarzda zakot beriladi?
– Sovliq qo’y bilan echki qo’y hukmidadir, qo’y bilan qo’shib hisob qilinadi. 
– Sigirning nisobi qancha?
– O’ttiztadir. Ya’ni, o’ttizta sigiri bor kishiga zakot berish farz bo’ladi. O’ttiz sigir uchun 
bir yasharlik erkak yoki urg’ochi tana beriladi.
– O’ttizdan ziyodasiga nima beriladi?
– Har bir sigir uchun bir yashar tana bahosining qirqdan biri miqdoricha pul beriladi. 
– Qirq sigir uchun nima beriladi?
– Ikki yasharlik tana beriladi. Qirqdan ziyodasiga har bir sigir uchun ikki yashar tana 
bahosining qirqdan biri miqdoricha pul beriladi. Oltmish sigir uchun ikki dona bir 
yasharlik erkak yo urg’ochi tana beriladi. Yetmish sigir uchun bitta bir yashar va bitta 
ikki yashar tana beriladi. 
– Tuyaning nisobi qancha?
– Beshta. Ya’ni, beshta tuyasi bor kishi zakot berishi farzdir. 
– Besh tuya uchun qancha zakot beriladi?
– Besh tuyadan to to’qqiz tuyagacha bir qo’y beriladi. O’n bir tuyadan to o’n to’rt 
tuyagacha ikki qo’y beriladi. O’n besh tuyadan to o’n to’qqiz tuyagacha uch qo’y beriladi. 
Yigirma tuyadan to yigirma to’rt tuyagacha to’rt qo’y beriladi. Yigirma besh tuyadan to 
o’ttiz besh tuyagacha bir yasharlik bir tuya beriladi.
– Otning nisobi qancha?
– Ikki donadir. Lekin ikkovi va yoki biri baytal bo’lishi shartdir. 
– Otlar uchun zakotga nima beriladi?
– Har otga baho qo’yilib, o’sha bahoning qirqdan biri beriladi. Masalan, qirq so’mlik ot 
bo’lsa, bir so’m beriladi, yuz so’mlik ot bo’lsa, ikki yarim so’m beriladi. 
– Hayvonlarning zakoti uchun berilishi lozim bo’lgan hayvonning o’rniga baholari 
miqdoricha aqcha berilsa ham durustmi?
– Albatta, durust bo’ladi. 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin