Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
76
– Qo’y, echki, sigir, tuya kabi tuyog’i yoriq hayvonlarni qurbonlikka so’yish durust. 
– Tovuq, g’oz va otga o’xshash hayvonlardan qurbonlik qilsa bo’lmaydimi?
– Durust bo’lmaydi. 
– Qo’y, echki necha kishi uchun qurbonlikka kifoya qiladi?
– Har biri bir kishi uchun kifoya qiladi. 
– Sigir, tuya necha kishi uchun qurbonlikka kifoya qiladi?
– Har birisi bir kishidan to yetti kishigacha kifoya qiladi. 
– Yetti kishi jam bo’lib bir sigirni qurbonlik qilsalar, go’shtini qay tariqa bo’lib oladilar?
– Tarozi bilan o’lchab oladilar. 
– Qurbonlikning terisi nima qilinadi?
– Faqirlarga beriladi yoki sotib puli faqirlarga sadaqa qilinadi. 
– Terini masjid imomiga bersa bo’ladimi?
– Agar faqir bo’lsa, bersa bo’ladi. 
– Qurbonlik qilgan kishi qurbonligining go’shtini nima qiladi?
– Faqirlarga ulashadi va ziyofat qiladi hamda o’zining oila a’zolariga ulashadi. 
– Qurbonlikni kim bo’g’izlaydi?
– Qurbonlik qilgan kishi bo’g’izlashni yaxshi bilsa, o’zi bo’g’izlaydi, bilmasa, boshqa bir 
kishiga bo’g’izlatib, o’zi ustida duo qilib turadi.
– Qurbonlik qilinadigan qo’y yoki echki necha yoshli bo’lishi kerak?
– Bir yashar bo’lishi kerak. 
– Olti oylik qo’yni qurbonlik qilsa, durust bo’ladimi?
– Agar o’sha qo’y semiz va jussasi bir yashar qo’yning jussasidek katta bo’lsa, durust 
bo’ladi. 
– Qurbonlik bo’ladigan sigir va yo ho’kiz necha yashar bo’lmog’i kerak?
– Ikki yashar bo’lmog’i lozim. 
– Tuya necha yashar bo’lmog’i lozim?
– Besh yashar bo’lmog’i lozim. 
– Devona, qo’tir, qirchang’i, shoxsiz, axta qilingan hayvonlar qurbonlikka yaraydimi?
– Qurbonlikka yaraydi. 
– Qanday hayvonlar qurbonlikka yaramaydi?
– Nihoyatda oriq, yurolmaydigan, oqsoq, qulog’ining yo dumining uchdan biridan 
ortiqrog’i kesik bo’lgan hayvonlar, bir yo ikki ko’zi ko’r, og’zida hech bir tishi qolmagan 
hayvonlar qurbonlikka yaramaydi. 
– Qurbonlik uchun qaysi hayvonlar afzalroq?
– Oq yoki ko’k rangli katta shoxli, a’zosi salomat, semiz qo’chqor afzaldir. 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin