www.ziyouz.com kutubxonasi
78
bolaga, faqir kishiga, betob kishiga va ko’r kishiga haj qilish farz bo’lmas.
– Makkai Mukarramaning o’zida va yaqin atrofida bo’lgan faqir kishilarga haj qilish farz bo’ladimi? – Albatta, farz bo’ladi, chunki ularga yo’l xarajati kerak emas, shu sababdan faqir
bo’lsalar ham, boy kishilarning hukmidadirlar.
– Makkai Mukarramadan uzoq yerda bo’lgan bir faqir kishi jiddu jahd ila mashaqqatlar chekib Makkai Mukarramaga yetib borsa, shu faqir kishiga haj farz bo’ladimi? – Makkai Mukarramaga yaqinlashguncha farz bo’lmaydi. Yaqinlashgandan keyin faqir
bo’lsa-da, haj qilish mumkin bo’lib tursa, haj qilish farz bo’ladi.
– Haj qilishning sharti nima? – Makkai Mukarramaga borguncha yo’lda har turli ofat va zararlardan tinch va
omonlikda bo’lish.
– Xotinlarga haj qilish farzmi? – Davlati va salomatligi bo’lib, o’zi bilan hamroh borishga eri yoki biror mahram
qarindoshi bo’lsa, farz bo’ladi, yolg’iz o’zi bormaydi.
– Umr ichida necha marta haj qilish farzdir? – Bir marta haj qilish farz, ikkinchi marta haj qilmoqlik nafl ibodatdir.
– Gardanida haj qilish farz bo’lgan kishi shu yilda haj qilolmasdan keyingi yilga qoldirishi durust bo’ladimi? – Durust bo’lmaydi, yo’l xavfsiz va eminlik bo’lganda tezlik bilan hajni ado qilmog’i
lozim.
– Yo’l notinch bo’lganda qoldirsa-chi? – Tinchlik bo’lguncha qoldirib tursa, durust bo’ladi. Bir kishiga haj farz bo’lib vaqtida ado
qilolmasa, undan so’ngra yo’l yurishga qudrati yetmaydigan darajada zaif va notavon,
quvvatsiz bo’lib qolsa, u kishi o’z o’rniga boshqa kishini yuborib haj qildirishi lozim
bo’ladi.
– O’zidan boshqa kishini yuborib, haj soqit bo’lib, ikkinchi marta o’ziga hajga borish lozim emasmi? – Notavonlik, bequvvatlik bilan o’lib ketsa, haj gardanidan soqit bo’ladi, haj qilgan
kishining hukmida ketadi. Ammo bir kishini yuborib haj qildirgandan so’ng sog’ayib,
quvvatlanib ketsa, o’sha vaqtda davlati bo’lsa, ikkinchi haj qilish unga farzdir.
– O’sha notavon kishi o’zi hayot vaqtida boshqa kishini yuborib haj qildirmasdan vafot etib ketsa, nima bo’ladi? – Haj qildiringlar, deb vasiyat qilgan bo’lsa, qolgan molining uchdan biridan vorislari haj
qildiradilar, haji haj badalidadir.
– Haj amallari qaysi oyda qilinadi? – Zulhijja oyida qilinadi.
– Hajning farzi nechta? – Hajning farzi uchta:
birinchisi – ehrom, ya’ni hajni dili bilan niyat qilish;
ikkinchisi – Makkai Mukarramadan tashqarida joylashgan Arafot degan tog’da to’xtab
zikru duoda bo’lib turish; uchinchisi – Makkai Mukarramada Ka’ba nomli muborak uyni
tavof qilish, ya’ni aylanish.
Tanbeh: aksar avom odamlar ehrom, deb niyat qilgan holatda bog’laydigan lungini
aytadilar. Bu xatodir. Chunki «ehrom»ning ma’nosi niyat qilmoqdir va u lungi hojilarning
ehromda bo’lgan holatdagi liboslari, xolos.