Hojilar Makkai Mukarramada qiladigan amallar – Hojilar Makkai Mukarramaga yetganda nima qiladilar? – Avval to’g’ri Ka’ba masjidiga boradilar. Kaba’i muazzamani ko’rgan on takbir va tahlil
aytadilar. Ka’baning devoridagi Hajarul asvad (Qora tosh) ismli muborak toshni o’pib
barakotlanadilar, Ka’bani yetti marta aylanib, sunnat bo’lmish tavofni ado qiladilar.
– Undan so’ng nima qiladilar? – «Ibrohim maqomi» degan yerda Ka’baga qarab ikki rakat namoz o’qiydilar.
– Undan so’ng-chi? – Ulug’ zam-zamga borib suv ichadilar, yuzlariga, boshlari va badanlariga sepadilar.
– Ulug’ zam-zam suvini qay tariqa ichadilar? – Zam-zam ustida hamisha izdihom bo’lib turgani uchun tik turgan holicha qiblaga to’g’ri
bo’lib, uch yutum qilib ichadi.
– Zam-zam suvini ichganda nima deb duo qiladilar? – Ushbu duoni o’qiydilar:
«Allohumma inni as’aluka rizqon vosi’an va ‘ilman nafi’an va shifoan min kulli doin». Ma’nosi: «Ey Parvardigorim, men Sendan keng rizq va foydali ilm va har illatdan
saqlamoqni talab qilaman».
– Undan so’ng nima qiladilar? – Masjiddan chiqib Safo va Marva degan yerlarning orasida u yoq-bu yoqqa yetti marta
yuguradilar.
– Undan keyin-chi? – Zulhijjaning sakkizinchi kunigacha Makkada turib muborak joylarni ziyorat etib,
xohlaganlaricha nafl tavof qiladilar.
– Undan so’ng nima qiladilar? – Sakkizinchi zulhijjada hamma hojilar Mino ismli bir joyga boradilar. Arafa kuni, ya’ni
zulhijjaning to’qqizinchi kunida Arafot tog’iga boradilar. Arafotda peshin namozining
vaqti kirgandan so’ng haj imomi xutba o’qiydi. So’ng ushbu vaqtda peshin namozi ila asr
namozi o’qiladi. Avval azon va iqomat ila peshin namozi o’qiladi. So’ng faqat iqomat ila
asr namozi o’qiladi. G’usl qilib, Arafot tog’ining o’rtasida to’xtab, zikr va talbiya aytib
(vuquf) oyoqda tik turadilar. Xohlagan duolar va talablarni qiladilar. Oftob botgandan
keyin Muzdalifa degan joyga borib, u yerda shom vaqtida shom namozini o’qimasdan
turib, xufton vaqti kirgandan so’ng avval shom namozini, undan keyin xufton namozini
o’qiydilar. Kechasini Muzdalifada o’tkazib, tong otib xo’b oqarguncha Muzdalifada bir tog’
yonida vuquf qilib, talbiya aytib turadilar, maqsadlarini talab qilib duolar aytadilar. Tong
tamom oqarganda yana Minoga borib, maxsus joyda yetti marotaba jamra toshlarini
otadilar, har bir toshni otganda takbir aytadilar va ham o’sha yerda qurbonliklarini
bo’g’izlab, go’shtini va terisini sadaqa qiladilar. So’ng sochlarini oldirib yoki qisqa qildirib
Makkai Mukarramaga qaytadilar. Makkai Mukarramada tavof farzini ado qilib, ehromdan