www.ziyouz.com kutubxonasi
107
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ketayotgan edilar, Anas roziyallohu anhu ham u
kishi bilan birga edilar. Bir a’robiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetib oldi va
Rasulullohni (ya’ni, to‘nlaridan) qattiq tortdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
ustilarida chekkasi dag‘al bo‘lgan najroniycha to‘n bor edi. Anas roziyallohu anhu
aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bo‘yinlariga qaradim. Qattiq
tortganligidan bo‘yinlarida to‘nning chekkasi iz qoldirgan edi. Haligi a’robiy: «Ey
Muhammad, huzuringdagi Allohning molidan menga ham ber», dedi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam unga o‘girilib qaradilar va kuldilar. So‘ngra unga moldan
berilishini buyurdilar» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Quraysh qavmi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aziyat berishni va urishni
ko‘paytirib yuborgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Allohim, qavmimni
kechirgin, chunki ular bilmaydilar», deb duo qildilar (Ibn Hibbon va Bayhaqiy
rivoyatlari).
Bir rivoyatda bu duolari Uhud jangida bo‘lgan edi, deyilgan. Shuning uchun Alloh taolo
mana bu oyatni nozil qildi:
«Albatta siz ulug‘ xulq ustidadirsiz» (Qalam surasi, 4-oyat).
Hikoya qilinishicha, Ibrohim ibn Adham bir kuni sahroga chiqdilar. U kishiga bir askar
ro‘para bo‘lib, u kishiga: «Sen qulmisan?» dedi. U kishi: «Ha», dedilar. Shunda askar u
kishidan: «Imoratlar qaerda?» deb so‘radi. U kishi qabristonga ishora qildilar. Askar u
kishiga yana: «Men imoratlarni so‘rayapman», dedi. U kishi yana: «Qabristonda»,
dedilar. Bu so‘zlar uning g‘azabini qo‘zg‘adi va boshlariga qamchi bilan urib yordi. So‘ng
u kishini shaharga qaytarib keldi. Ularni Ibrohim ibn Adhamning do‘stlari kutib olishdi
va: «Nima bo‘ldi?» deyishdi. Ularga askar u kishi aytgan so‘zlarining xabarini berdi.
Shunda ular: «Bu kishi Ibrohim ibn Adham bo‘ladilar», deyishdi. Askar otidan tushib u
kishining qo‘l-oyoqlarini o‘pdi va uzr so‘ray boshladi. Shu voqeadan keyin so‘rashdi:
«Nima uchun unga qulman, dedingiz?» U kishi: «Chunki u mendan «Kimning qulisan?»
deb so‘ramadi, balki «Sen qulmisan?» deb so‘radi. Unga «Ha», dedim, chunki men
Allohning quliman. U boshimga urgan vaqtda uning uchun Allohdan jannatni so‘radim»,
dedilar. Shunda u kishiga: «U sizga zulm qilgan bo‘lsa hammi?!» deyildi. U kishi:
«Askardan yetgan aziyatdan savob olishimni bildim. Undan menga nasiba yaxshilik
bo‘lishini va mendan unga nasiba yomonlik bo‘lishini xohlamadim», dedilar.
Abu Usmon Xiriy bir mehmondorchilikka taklif qilindilar. Mezbon u kishini sinab ko‘rishni
xohlagan edi. Uning manziliga kelgan vaqtlarida uy egasi u kishiga «Hozir mulozamat
uchun imkoniyatim yo‘q», dedi. Abu Usmon qaytib ketdilar. U kishi uzoqlashmagan ham
edilarki, ikkinchi marta chaqirib: «Qayting, ey ustoz», dedi. Abu Usmon qaytib kelgan
edilar, yana avvalgidek gap qildi. Abu Usmon yana qaytib ketdilar. So‘ngra u kishini
uchinchi marta chaqirib: «Ozgina vaqt o‘tkazib qaytib keling», dedi. U kishi qaytib kelib
eshikka yaqinlashgan edilar, uy egasi yana avvalgi so‘zini qaytardi. U kishi yana qaytib
ketdilar. So‘ngra to‘rtinchi marta keldilar. Mezbon u kishini yana qaytarib yubordi, hatto
bir necha marta shunday muomala qilishdi. Abu Usmon bundan o‘zgarmadilar. Uy egasi
u kishining oyoqlariga yiqildi va: «Ey ustoz, men sizni sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan edim,
xulqingiz munchayam chiroyli bo‘lmasa», dedi. U kishi: «Sen menda ko‘rgan narsa itning
xulqidir, chunki it chaqirilsa, keladi. Agar haydalsa, uzoqlashadi», dedilar.
Yana Abu Usmondan rivoyat qilinishicha, u kishi bir kuni ko‘chadan o‘tib ketayotsalar,
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy