Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
110
Modomiki, ota farzandini dunyodagi olovdan saqlar ekan, uni oxiratdagi olovdan ham
saqlashi yaxshiroqdir. Bu saqlash unga odob berish, uni poklash, chiroyli xulqlarni
o‘rgatish, yomon do‘stlardan saqlash, maishatparastlikka odatlantirmaslik bilan bo‘ladi.
Yana ziynatni va farovon yashashni yaxshi ko‘rsatmaydi, chunki u ulg‘ayganda ziynatni
va to‘kin
yashashni axtarib, umrni behuda o‘tkazib yuboradi. Natijada abadiy halokatga
uchraydi.
Demak, boshdanoq uni nazorat qilib turish lozim bo‘ladi. Unga enagalik qilish va emizish
uchun halol yeydigan dindor ayolni yollaydi. Chunki haromdan hosil bo‘lgan sutda
baraka yo‘q. Agar go‘dakning ulg‘ayishi harom yeydigan ayolning qo‘lida bo‘lsa, uning
tabiati iflos narsalarga qorishib, shunday narsalarga moyil bo‘lib qoladi. Qachonki, bola
narsalarning
farqiga borishni bilsa, uni yanada yaxshiroq nazorat qilish lozim bo‘ladi.
Farqiga borishning ibtidosi uyalishning ilk holatlari zohir bo‘lishidir. Chunki u agar
tortinchoqlik, hayo qilsa va ba’zi ishlarni o‘zicha tark aylasa, bu uning aql nuri porlay
boshlaganidandir. Shunda o‘zicha ba’zi narsalarni xunuk va ba’zisini boshqasiga teskari
holda ko‘rib, ba’zi narsadan uyalib, ba’zisidan uyalmaydigan bo‘ladi. Bu esa unga
Allohdan hadya va xulqlarning mo‘‘tadil, qalblar sofligiga
dalolat qiladigan bir
bashoratdir. U balog‘atga yetganida aqli komilligi bilan bashorat qilingandir. Hayoli
go‘dak befarq tashlab qo‘yilmaydi. Balki hayosi va farqiga borishi yordamida unga odob
berishga harakat qilinadi.
Bolaga eng avval g‘olib keladigan sifatlardan biri taomga ochko‘zlikdir. Unga taom
to‘g‘risida odob berilishi lozim. Taomni o‘ng qo‘l bilan olish, olayotganda «Bismillah...»
aytish, o‘z oldidan yeyish, boshqalardan oldin taomga oshiqmaslik,
taomga va ovqat
yeyayotgan kishiga tikilib turmaslik, yeyishda shoshmaslik, yaxshi chaynash, luqmalarni
ketma-ket olmaslik, qo‘lini va kiyimlarini ovqatga belamaslik, shunga o‘xshash odoblarni
o‘rgatish lozim. Ba’zi vaqtlarda nonning o‘zini yeyishga odatlantirish ham kerak.
Shunda
albatta nonxurush bo‘lishi kerak, degan fikrga bormaydi. Ko‘p taom yeydiganlarni
chorvalarga o‘xshatish bilan, uning oldida ko‘p ovqat yeydigan go‘daklarni yomonlash,
oz yeydiganlarini maqtash bilan ko‘p taom yeyishni yomon ko‘rsatish, unga o‘zidan
boshqa kishilarga ovqat ehson qilishni va boriga qanoat qilishni o‘rgatish lozim. Yana
ipakli va rangli kiyimlar emas, balki oq kiyimlar unga yaxshi ko‘rsatiladi. Unga bunday
kiyimlar ayollar va xunasa kishilar kiyimi ekani ta’kidlanadi. Erkaklar ulardan or qilishi
kerakligi ham o‘rgatiladi. Mana shu narsani unga ko‘p takrorlash kerak. Go‘dakning
ustida ipak yoki rangli kiyim ko‘rib qolinsa, uni inkor qilish va yomonlash kerak. Bola
maishatparastlik, yaxshi yashash, ko‘rkam kiyim kiyishni
odat qilgan tengdoshlaridan
ehtiyot qilinadi. Yana shu narsalarga qiziqtiradigan kishilarga qo‘shilishdan ham himoya
qilinadi. Chunki go‘dak ulg‘ayishi boshlangan vaqtda beparvo tashlab qo‘yilsa, ko‘p
hollarda xulqi yomon, yolg‘onchi, hasadgo‘y, o‘g‘ri, chaqimchi, o‘ta o‘jar, sergap,
serkulgi, hiylakor, g‘oyat hazilkash bo‘lib o‘sadi
Ota-ona bolani mana shu (yomon xulq)larning hammasidan chiroyli odob berish bilan
saqlaydi. So‘ngra uni maktabda shug‘ullantiradi. Bola o‘z nafsiga solihlarning urug‘larini
ekishi uchun Qur’on ta’lim oladi, hadislarni, yaxshilarning hikoyalarini,
ularning
holatlarini ta’lim oladi. Ishq va ishq ahli zikr qilingan she’rlardan, yozgan she’rlari
go‘zallikdan, tabiatlarining muloyimligidan, deb o‘ylaydigan adiblarga qo‘shilishdan ularni
asraydilar, chunki bu go‘daklar qalbiga fasod urug‘ini ekadi. Agar go‘dak bolada chiroyli
xulq va maqtovli ish zohir bo‘lsa, u ikrom qilinmog‘i, uni xursand qiladigan narsalardan
mukofot berilmog‘i, insonlar oldida maqtalmog‘i lozim. Agar bola ba’zi hollarda shunga