www.ziyouz.com kutubxonasi
18
Ahmad va Tabaroniy rivoyatlari). Boshqa rivoyatda «Qaysinisi u bilan ketsa» bo‘lib
kelgan. Alloh taolo aytadi:
«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar-da, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar» (A’rof surasi, 201-
oyat).
Alloh taolo qalbning jilosi va ochiqligi zikr bilan hosil bo‘lishini va yana bunga faqat
taqvodorlargina erishishini aytdi. Taqvo zikr eshigidir, zikr kashf eshigidir, kashf esa
katta zafar eshigidir va u Alloh taologa yo‘liqish bilan bo‘ladigan zafardir.
Qalbning xususan ilmlarga qo‘shilgandagi holati bayoni Bilingki, albatta ilmning o‘rni qalb, ya’ni hamma a’zolarning tadbirini qilib turuvchi ilohiy
ne’matdir. Butun a’zolar qalbga itoatda bo‘lib, uning xizmatini qiladilar. Qalb
ma’lumotlarga bog‘liqlikda turli-tuman narsalarning suratlariga bog‘liq oynaga o‘xshaydi.
Albatta turli-tuman narsalar bir suratdir va o‘sha suratning misli oynaga muhrlanib,
unda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, har bir narsaning haqiqati mavjud bo‘lib, o‘sha
haqiqatning ham surati bor. Bu surat qalb oynasida aks etib, unda ravshanlashadi.
Albatta oyna boshqa, shaxslarning surati boshqa, uning o‘xshashi oynada hosil bo‘lmog‘i
boshqa, bu uch xil ishdir. Shu singari u yerda (qalbning bog‘liqligida) uchta ish bor.
Ya’ni, narsalarning haqiqati va haqiqatlarning o‘zi qalbda hosil bo‘lib, unda nomayon
bo‘lmoqligi. Olim - narsalar haqiqatining misollari tushadigan qalbdan iborat, ma’lumot
narsalarning haqiqatidan iborat, ilm esa oynada misollarning hosil bo‘lishidan iboratdir.
Albatta ushlashlik qo‘lga o‘xshash ushlovchini va qilichga o‘xshash ushlanadigan narsani
hamda qilich bilan qo‘lning o‘rtasida qilich qo‘lda tutilishi bilan bo‘lgan bog‘liqlikni talab
qiladi va «ushlash», deb nomlanadi. Shuningdek, ma’lumotning misoli qalbga yetganda
«ilm», deb ataladi. Haqiqat ham, qalb ham batahqiq mavjud edi, lekin ilm hosil
bo‘lmagan edi. Chunki ilm haqiqat qalbga yetganidan keyin hosil bo‘ladi. Shuningdek,
qilich ham, qo‘l ham mavjud, lekin qilich qo‘lda bo‘lmaganligi uchun «olish, ushlash»
ismi bo‘lmadi. Ha, ushlash qilichning ayni o‘zi qo‘lga yetishidan iboratdir.
Ma’lumotning ayni o‘zi hosil bo‘lmaydi. Bas, bir kishi olovni bilsa, olovning ayni o‘zi
qalbda hosil bo‘lmaydi, balki uning haddi va suratiga muvofiq keladigan haqiqati hosil
bo‘ladi, buni oynaga o‘xshatish yaxshiroqdir. Chunki insonning ayni o‘zi oynada hosil
bo‘lmaydi, balki unga muvofiq misol hosil bo‘ladi. Xuddi shuningdek, ma’lumotlar
haqiqatiga to‘g‘ri keladigan misollarning qalbda hosil bo‘lmoqligi ilm, deb ataladi. Albatta
oynada quyidagi besh xil ish sababli surat ko‘rilmaydi:
Birinchi - oyna shaklining ishlov va shakl berilib, sayqallashtirishdan oldingi temirning
javhariga o‘xshash nuqsoni uchun.
Ikkinchi - agar shakli mukammal bo‘lsa ham, lekin uning iflosligi, zanglaganligi va kirligi
uchun.
Uchinchi - oyna suratdan boshqa tomonga burib qo‘yilgani, ya’ni surat oynaning
orqasida bo‘lgani uchun.
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy