Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
30
fahmlar ham uni idrok etishdan zaiflashib qoladi, buni faqatgina his etiladigan misollar
bilan tushunish mumkin. Biz esa ana shu zaif fahmlarga ikki misol bilan tushunishni
yaqinlashtiramiz. Birinchisi - yerda kavlab qo‘yilgan
bir hovuz bor, deb faraz qilamiz.
Unga atrofidan anhor qazib, suv surib kelishning ham ehtimoli bor. Yoki hovuzning tagini
yana chuqurroq qazib, sof va toza suv turadigan joygacha kavlab berish bilan suv paydo
bo‘lmog‘i ehtimol qilinadi. Natijada suv hovuzning tagidan o‘zi chiqib qoladi.
Bu suv esa
juda toza va davomiy bo‘ladi. Goho esa juda ko‘p ham chiqib qoladi. Qalb ana shu
hovuzga, ilm esa suvga o‘xshaydi. Beshta his etish a’zolari (ya’ni, eshitish, ko‘rish,
hidlash, ushlash va totish) esa anhorlarga o‘xshaydi. Gohida ilmlar zohiriy his etish
anhorlari vositasida va mushohadalardan saboq olish bilan qalbga haydaladiki,
unga ilm
to‘ladi. Bu anhorlar xilvat, uzlat va ko‘zni yumish bilan to‘silib, qalbni poklash hamda
undan pardalar qatlamini ko‘tarish bilan ichkarisidan ilm buloqlari otilib chiqquncha
uning tubiga intilish mumkin bo‘ladi. Ilm qanday qilib qalbning o‘zidan qaynab chiqadi,
vaholanki qalb ilmdan xoli bo‘lsa? Bilingki, albatta bu narsalar qalb sirlarining
ajoyibotlaridandir. Uni zikr qilish muomala ilmida (ya’ni, zohiriy ilmda) ruxsat
berilmagan, balki zikr qilish mumkin bo‘lgan narsa shuki, albatta narsalarning haqiqati
Lavhul mahfuzda yozilgan bo‘ladi.
Yana muqarrab farishtalarning qalblariga yozilgan bo‘ladi. Go‘yo
bir muhandis uy
qurilishini avval oq qog‘ozda tasvirlab, keyin ana shu tasvirga ko‘ra uni ro‘yobga
chiqarganidek, yer va osmonlarni yaratuvchi Zot ham butun olamning avvalidan
oxirigacha bo‘lgan nusxasini Lavhul mahfuzga yozgan, so‘ngra ularni ana shu nusxaga
muvofiq yo‘qdan bor qilgan. Avvalgi suratiga ko‘ra yo‘qlikdan borlikka chiqqan bu
olamdan his va xayol olamida ikkinchi bir surat hosil bo‘ladi.
Chunki osmon va yerga
tikilib qaragan kishi keyin ko‘zini yumsa ham, xayolida osmon va yer suratini go‘yo
ularga qarab turgandek ko‘radi. Agar yeru osmon yo‘q bo‘lib ketib, ularni ko‘rgan
kishining o‘zi qolsa ham, yeru osmon suratini go‘yo ularga qarab turgandek o‘z nafsida
topadi. So‘ngra uning xayolidagi asar (ya’ni, iz) qalbga o‘tadi. Ana shunda qalbda his va
xayolga kirgan narsalarning haqiqati paydo bo‘ladi. Endi qalbida hosil bo‘lgan
narsa
xayolidagi olamga muvofiq keladi. Xayolida hosil bo‘lgan narsa esa inson xayolidan va
qalbidan tashqarida, o‘z o‘rnida turgan olamga muvofiq keladi. O’z o‘rnida turgan
mavjud olam esa Lavhul mahfuzda mavjud bo‘lgan nusxaga muvofiq keladi. Go‘yo
olamning mavjud bo‘lishida to‘rt daraja borga o‘xshaydi: Lavhul mahfuzda mavjud
bo‘lish jismoniy mavjud bo‘lishdan oldindir. Uning orqasidan haqiqiy mavjud bo‘lish,
ya’ni yaratilish keladi. Haqiqiy mavjud bo‘lish orqasidan xayoliy mavjudlik, ya’ni
xayoldagi surati keladi. Xayoliy mavjudlik
orqasidan aqliy mavjudlik, ya’ni uning surati
qalbda mavjud bo‘lishi keladi. Bu mavjudliklarning ba’zisi ruhoniy va ba’zisi jismoniydir.
Ruhoniyining ba’zisi ba’zisidan ruhoniylikda qattiqroqdir. Bu esa ilohiy hikmatdan bo‘lgan
marhamatdir. Zero, ko‘z qorachig‘ingizning hajmi kichkina bo‘lsa-da, butun olam va yeru
osmonlarning surati juda katta bo‘lishiga qaramay, uning ichiga joylashadi. So‘ngra u
(ya’ni, olam) hisda mavjud bo‘lishdan xayolda mavjud bo‘lishga, so‘ngra undan qalbda
mavjud bo‘lishga o‘tadi. Lekin faqat ulardan sizga yetgan narsanigina idrok eta olasiz,
xolos. Agar olamlarning hammasi uchun o‘zingizda misol bo‘lmaganida qarshingizdagi
narsalardan sizga xabar bo‘lmas edi. Qalblarning ichida va ko‘zlarda
bunday
ajoyibotlarning tadbirini qilib qo‘ygan Zotni har xil nuqson va kamchilikdan poklaymiz.
Shulardan keyin ham ularni idrok etishda qancha-qancha qalblar va ko‘zlar ojizlikda
qoladi, hatto ko‘pchilikning qalbi o‘zini va o‘zidagi ajoyibotlarni bilmaydigan holatda
qoladi.