«Bas, bandalarimizdan bir bandani topdilarki, Biz unga O’z dargohimizdan rahmat (ya’ni, payg‘ambarlik) ato etgan va O’z huzurimizdan ilm bergan edik» (Kahf surasi, 65-oyat).
Zero, ilmlarning hammasi ham Allohning huzuridandir. Lekin ba’zisi ta’lim olish vositasi
bilan o‘rganiladi. Bu ilmi laduniy, deb nomlanmaydi, balki tashqi odatiy sabablardan
boshqa, qalbning ichida zohir bo‘ladigan ilm laduniy, deyiladi. Mana shular naqliy
dalillardir. Agar bu xususda vorid bo‘lgan har bir oyat, xabar va asarlar jamlanadigan
bo‘lsa, chegaradan chiqib ketadi. Ammo bu holatlarni tajribalar bilan ko‘rilgani ham juda
ko‘p, bu narsa sahoba va tobe’inlardan, ulardan keyingi zotlardan ham zohir bo‘lgan.
Abu Bakr roziyallohu anhu o‘lim paytlarida qizlari Oisha roziyallohu anhoga «Albatta
ikkisi sening ining va singlingdir», dedilar. Xotinlari homilador edi, qiz tug‘di. Abu Bakr
roziyallohu anhu homila tug‘ilmasidan oldin qiz ekanini bildilar.
Umar roziyallohu anhu xutbalarining orasida «Ey qo‘shin, toqqa, toqqa», deb gapirib
yuborganlar. Dushman yaqinlashib qolgani u kishiga kashf bo‘lib qolgan paytda bilib
qolgan narsalari xususida ularni ogohlantirib qo‘ydilar. U kishining ovozlari toqqa yetib
borgani buyuk karomatlar jumlasidandir.
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: «Usmon
roziyallohu anhuning oldilariga kirdim. Yo‘lda bir ayolga yo‘liqqan edim va unga ko‘z
qirim bilan qarab, chiroyi to‘g‘risida biroz o‘ylanib qolgan edim. Usmon roziyallohu
anhuning oldilariga kirganimda «Sizlardan biringiz oldimga kirib keladi, vaholanki uning
ikki ko‘zida zino asari zohir bo‘lib turibdi. Qarash ikki ko‘z zinosi ekanini bilmadingmi?
Tavba qilasan yoki albatta ta’ziringni beraman», dedilar. Shunda men: «Payg‘ambardan
keyin yana vahiy keldimi?» dedim. U kishi: «Yo‘q, lekin bu qalb ko‘zi, burhon va rostgo‘y
farosatdir», dedilar».
Abiy Said al-Xarrozdan rivoyat qilinishicha, u kishi aytdilar: «Masjidi haromga kirdim, u
yerda yirtiq kiyim kiygan bir faqir kishini ko‘rdim. Ichimda bu va bunga o‘xshashlar
odamlarga yuk bo‘ladi, dedim. Shu zahoti menga «Albatta Alloh taolo nafslaringiz (ya’ni,
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy