Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«Agar (haqiqiy) iymon egalari bo‘lsangizlar, sizlar ustun bo‘lguvchidirsizlar»



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

«Agar (haqiqiy) iymon egalari bo‘lsangizlar, sizlar ustun bo‘lguvchidirsizlar» 
(Oli-Imron surasi, 139-oyat). 
Bu oyatda Alloh taolo taqlidiy musulmonlardan ko‘ra haqiqiy iymon keltirganlarni 
ulug‘lab keltirdi. Yana aytadi: 
«Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-
martabalarga ko‘tarur» (Mujodala surasi, 11-oyat). 
Bu oyatda Alloh taolo «iymon keltirgan», degan so‘zidan ilmsiz tasdiq qilgan kishilarni 
iroda qildi va ularni ilm berilgan kishilardan alohida holda keltirdi. Bu oyat taqlidiy iymon 
keltirganlarga garchi ular fahmlab va tasdiq qilib-tasdiq qilmagan bo‘lsalar ham, mo‘min 
lafzini qo‘llashga dalil bor. Ibn Abbos roziyallohu anhu Alloh taoloning «Ilm ato etilgan 
zotlarni (baland) daraja-martabalarga ko‘tarur», degan qavlini «Alloh taolo olimni oddiy 
mo‘mindan yetti yuz daraja yuqoriga ko‘taradi, har ikki darajaning o‘rtasi osmon bilan 
yerchalik masofadir», deb ta’vil qildilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: 
«Jannat ahlining ko‘plari sodda kishilardir va Illiyyin esa aql egalarigadir», dedilar («... 
va Illiyyin esa aql egalarigadir» lafzining asli yo‘q). Yana: «Olim kishining obiddan 
ustunligi sahobalarimning eng past martabalilaridan mening ustunligimga o‘xshaydi», 
dedilar (Imom Termiziy rivoyati, sahih). Boshqa rivoyatda «O’n to‘rt kunlik oyning 
yulduzlardan ustunligiga o‘xshashdir», dedilar. Mana shu ko‘rsatmalarga ko‘ra, jannat 
ahli qalblari va bilimlarining tafovutiga ko‘ra darajalarining ham har xilligi ravshan 
bo‘ladi. Shuning uchun qiyomat kuni o‘lganlar tiriltiriladigan kun bo‘ldi, zero ziyon va 
zararning eng kattasi Allohning rahmatidan mahrum bo‘luvchi kishigadir. Mahrum kishi 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
o‘zining darajasidan nihoyatda katta darajalarni ko‘radi. Uning yuqori darajalarga nazar 
solishi o‘n dirhamga ega bo‘lgan boy kishining mag‘ribdan mashriqqacha yerga ega 
bo‘lgan boy kishiga nazar solishiga o‘xshaydi. Ularning har biri ham boy, lekin 
o‘rtalaridagi farq naqadar katta! Nasibasi kam bo‘lgan kimsaning ziyoni qanchalik katta! 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin