Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«Biz aniq ishonadigan qavm uchun oyatlarni bayon qildik»



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

«Biz aniq ishonadigan qavm uchun oyatlarni bayon qildik» (Baqara surasi, 118-
oyat). 
Hasan Basriy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambar 
alayhissalom aytdilar: «Ilm ikki xil bo‘ladi: biri qalbdagi botiniy ilmdir. Mana shu foyda 
beruvchi ilmdir» («Ilm kitobi»da kelgan). Ba’zi ulamolardan botiniy ilm nimaligini 
so‘rashdi. Shunda ular aytishdi: «U Allohning sirlaridan bir sirdir, Alloh taolo uni 
do‘stlarining qalbiga tashlab qo‘yadi va undan biron farishtaga va insonga xabar 
bermaydi». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta ummatdan 
ilhomlantirilganlari, o‘rgatilganlari va ularga g‘oyibdan gapiriladiganlari bo‘ladi. Umar 
albatta ulardandir», dedilar (Imom Buxorif rivoyati).
Ibn Abbos roziyallohu anhu Alloh taoloning: 
«(Ey Muhammad alayhissalom), Biz sizdan ilgari yuborgan har bir elchi va 
payg‘ambar borki...» (Haj surasi, 52-oyat) qavlidagi elchi-payg‘ambar qatoriga 
siddiqlarni ham qo‘shganlar. Ular ilhom qilinganlar bo‘lib, ularga ilhom qalb tubidan - 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
ichkaridan zohir bo‘ladi. Tashqi his qilinadigan narsalardan emas. Qur’on taqvo kashf va 
hidoyat kaliti ekanligini ochiq bayon qiladi. Va bu ham ta’limsiz ilm hisoblanadi.
Alloh taolo aytadi: 
«Alloh osmonlar va Yerda yaratib qo‘ygan narsalarda Allohdan qo‘rqadigan 
qavm uchun oyat-alomatlar bordir» (Yunus surasi, 6-oyat). Alloh taolo oyat-
alomatlarni O’zidan qo‘rqadigan qavmga xosladi.
Alloh taolo aytadi: 
«Bu (Qur’on) odamlar uchun (to‘g‘ri yo‘lni) bayon qilguvchi va taqvo egalari 
uchun hidoyat va pand-nasihatdir» (Oli-Imron surasi, 138-oyat). 
Abu Yazid va boshqalar aytadilar: «Bir kitobdan biror narsani yodlab olgan kishi olim 
emas. Agar u yodlagan narsasini esidan chiqarib, unutib qo‘ysa, johilga aylanib qoladi. 
Lekin olim ilmini Robbidan qaysi vaqtda xohlasa, yodlamasdan va saboq o‘rganmasdan 
oladigan kishidir». Bu esa robboniy ilmdir va bunga Alloh taoloning so‘zida ham ishora 
bordir: 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin