Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
xil karomatlardan iborat hikoyalar ham sanab bo‘lmaydigan darajada ko‘pdir. Lekin 
bularni inkor qiluvchi kishiga, modomiki bu holatlarni o‘z nafsida ko‘rmagan bo‘lsa, 
bunday hikoya foyda bermaydi. Chunki aslni inkor qilgan kishi tafsilotni ham inkor qiladi. 
Biror kishi ham inkor qilishga qodir bo‘lmaydigan ikkita qat’iy dalil bor: birinchisi – rost 
tushning ajoyibotlari, chunki rost tush bilan g‘aybiy narsalar kashf bo‘ladi. Agar bu narsa 
ko‘proq uyquda sodir bo‘ladigan esa-da, uyg‘oq vaqtida ham bo‘lishini mahol, deb 
bo‘lmaydi. Uyqu bedorlikdan faqat hislarning sekinlab qolishida, his etiladigan narsalar 
bilan mashg‘ul bo‘lolmay qolinganlik farq qiladi, xolos. Qancha-qancha uyg‘oq kishilar 
borki, o‘zi bilan mashg‘ul bo‘lib, eshitmaydi ham, ko‘rmaydi ham. 
Ikkinchisi - Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning g‘oyibdan va kelajakda bo‘ladigan 
ishlardan xabar bermoqlaridir. Bu Qur’onda ham kelgan. Agar bu narsalar Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallam uchun joiz bo‘ladigan bo‘lsa, boshqa kishilarga ham joiz 
bo‘ladi. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ishlar haqiqatlari kashf qilingan va 
insoniyatni isloh qilish bilan mashg‘ul bo‘lgan shaxsdirlar. Bunday ishlar (nabiydan 
boshqa) biror kishida zohir bo‘lsa, u payg‘ambar emas, balki valiy, deb nomlanadi. Kimki 
payg‘ambarlarga iymon keltirib, to‘g‘ri tushlarni tasdiq qilsa, unga qalb uchun ikki eshik 
borligiga iqrorlik lozim bo‘ladi.
Birinchi eshik tashqariga bo‘lib, ular hislardir. Ikkinchi eshik qalb ichkarisidan ko‘zga 
ko‘rinmas olamga eshikdir va u ilhom, qalbga puflash va vahiy eshigidir. Bas, endi ikki 
eshikning borligiga iqror bo‘lsa, ilmlarni ta’lim olish va odatiy sabablar bilan o‘rganish 
doirasida cheklab qo‘ymoqlik mumkin bo‘lmaydi. Balki nafs bilan kurashish ham ilmga 
olib boradigan bir yo‘l bo‘lmog‘i joizdir. Bu biz zikr qilgan qalb shahodat olami bilan 
malakut olami o‘rtasida aylanib yurishi ajoyibotlarining haqligiga ishora qiladigan 
narsalardir. Ammo ishlarning haqiqati uyquda ta’birga muhtoj bo‘ladigan holatda kashf 
bo‘lishi va xuddi shuningdek, payg‘ambar va avliyolar uchun ham farishtalar har xil 
suratlarda gavdalanishi - bular ham qalb sirlarining ajoyibotlaridandir. Bular mukoshafa 
ilmi bilan lozim bo‘ladi. 
Zikr qilingan mana shu narsalar bilan kifoyalanamiz. Chunki bu insonni jiddu jahdga va 
ularning kashf bo‘lishini talab qilishga qiziqtirish uchun yetarlidir. Batahqiq, qalblari 
ochilgan ba’zi kishilar aytadilar: «Menga farishta ko‘rindi. Mendan tavhiddan bilganlarim, 
ya’ni xufyona zikrlarimdan bir narsani unga yozirishimni so‘radi. So‘rab aytdiki: «Sen 
uchun bir amal yozmaymiz. Biz seni Alloh taologa yaqinlashtiradigan amalni ko‘tarib 
ketishni xohlaymiz». Men: «Farz amallarni yozmayapsizmi?» dedim. Ular: «Yozyapmiz», 
deyishdi. «Unday bo‘lsa, ana shu sizga kifoya qiladi», dedim». Bunda nomai a’molni 
yozadigan farishtalar qalb sirlaridan xabardor emasliklariga va albatta ular faqat zohiriy 
amallardan xabardor bo‘lishlariga ishora bordir. 
Ba’zi oriflar aytadilar: «Abdollarning ba’zilaridan yaqiniy mushohada haqida bir masala 
so‘radim. U kishi chap tomonlariga qarab: «Alloh sizga rahm qilsin, bunga nima deysiz?» 
dedilar. So‘ng o‘ng tomonlariga qarab: «Alloh sizga rahm qilsin, bunga nima deysiz?» 
dedilar. Keyin ko‘zlarini qalblariga qaratdilar-da, yana: «Alloh rahm qilsin, siz nima 
deysiz?» dedilar. So‘ngra ajoyib tarzda javob berdilar, men uni eshitdim. Keyin u 
kishidan o‘ng va so‘l tomonga qaraganlari sababini so‘radim. U kishi: «Menda bu 
masalaga puxta javob yo‘q edi. Chap tomonimdagi farishtadan so‘radim. U bilmayman, 
dedi. O’ng tomonimdagi farishtadan so‘radim, u farishta chapdagidan ko‘ra bilimdon edi, 
u ham bilmayman, dedi. Bas, qalbimga qarab undan so‘radim. U senga javob bergan 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin