www.ziyouz.com kutubxonasi
2
bo‘ladi, zero har bir idish ichidagi borini to‘kadi.
Qalb shunday narsaki, agar inson uni tanisa, batahqiq, o‘zini tanibdi. Agar o‘zini tanisa,
batahqiq, Robbini tanibdi. Qalb shunday narsaki, agar inson uni tanimasa, o‘zini ham
tanimabdi, agar o‘zini tanimasa, Robbini ham tanimabdi. Kim qalbiga johil bo‘lsa,
boshqalarga undan ham johilroqdir. Zero, insonlarning ko‘plari qalblari va nafslarini
bilmaydilar hamda o‘zlari bilan nafslari o‘rtasiga parda tortilgan. Albatta Alloh taolo kishi
bilan uning qalbi o‘rtasini to‘sib qo‘yadi. To‘sib qo‘yishi O’zini mushohada qilish, O’zi
bilan muroqaba etish va sifatlarini tanishdan Rahmon (o‘ziga xos) barmoqlaridan ikki
barmoq orasida o‘zgarish kayfiyatidan man qilmog‘i bilandir. Bir bor asfalasofilinga
tushib, shaytonlarning yo‘liga egilgan inson qanday qilib ikkinchi bor yuqori Illiyyinga
ko‘tarilib, muqarrab farishtalar olamiga yuksaladi?! Kim qalbini muroqaba qilib, unga
rioya etmasa, koinot xazinalaridan esayotgan shabadalarni kuzatish uchun qalbini
tanimasa, u Alloh taolo mana bu oyatda aytgan kishilardandir:
«Ular Allohni unutdilar, bas, Alloh ularga o‘zlarini unuttirdi. Albatta ular fosiq- itoatsiz kimsalardir» (Hashr surasi, 19-oyat).
Qalbni tanish va uning sifatlari haqiqati dinning negizi hamda solihlar yo‘lining
poydevoridir.
Kitobimizning avvalgi qismida ibodat va odatlardan iborat a’zolarga joriy bo‘ladigan
narsalar to‘g‘risidagi masalalarga e’tiborni tortgan edik, vaholanki, bu zohiriy ilmdan
iborat edi. Kitobning ikkinchi qismida insonni halok qiluvchi va najot toptiruvchi
sifatlardan iborat, qalbga joriy bo‘ladigan narsalarga sharh berishni va’da qilgan edik,
vaholanki, bu botiniy ilm edi. Bu to‘g‘rida ikkita kitob keltirish lozim. Birinchi kitob qalb
sifatlari va qalbiy axloqlarning ajoyibligini sharhlash to‘g‘risida, ikkinchisi esa qalbni
qanday qilib riyozat qildirish va qalbiy axloqlarni qanday qilib pokizalash to‘g‘risidadir.
Ana shundan keyin halok qiluvchi va najot toptiruvchi narsalarning tafsilotiga kirishamiz.
Hozir esa qalb ajoyibotlarini fahmlashga yaqinlashtiradigan zarbulmasallar bilan
sharhlashga o‘taylik. Chunki qalb ajoyibotlari va koinot olamining jumlasiga kiruvchi
uning sirlarini oydinlashtirish shunday narsaki, uni fahmlashdan ko‘pdan-ko‘p aql-
idroklar aziyat chekadi, qiynalib qoladi.