www.ziyouz.com kutubxonasi
52
bo‘lganini bilishdan ojiz holda qaytib kelishdi. Iblisga bilolmadik, deyishdi. Iblis: «Men
o‘zim xabarini bilib kelaman», dedi va jo‘nadi. So‘ngra kelib: «Batahqiq, Alloh taolo
Muhammad sollallohu alayhi vasallamni payg‘ambar qilib yuboribdi», dedi va
shaytonlarni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalariga yubora boshladi. Ular
noumid qaytib kelishar va: «Bularga o‘xshagan qavm bilan hech birga bo‘lmaganmiz.
Ularga endi yetganimizda namozlariga turib ketishadi. Ulardan (biz yetkazgan
vasvasalar) o‘chirib yuboriladi», deyishardi. Ularga Iblis: «Hali shoshilmanglar, balki
Alloh taolo ularga dunyoni ochib berishi mumkin, ana shunda maqsadimizga yetamiz»,
dedi».
Rivoyat qilinishicha, Iso alayhissalom bir kuni bir toshni yostiq qilib yotdilar. U kishining
oldilaridan Iblis o‘tib: «Ey Iso, dunyoga rag‘bat qilib qoldingizmi?» dedi. Iso
alayhissalom boshlari ostidan toshni otib yubordilar va: «Bu ham senga dunyo
qatorida», dedilar. Haqiqatan ham uxlaydigan vaqtda yostiq qilish uchun bir toshga ega
bo‘lgan kishi dunyodan shayton unga qurol qilishi mumkin bo‘lgan narsaga ega bo‘libdi.
Masalan, kechasi namoz o‘qish uchun qoyim bo‘lgan kishining yaqinida yostiq qilishga
bir tosh bo‘lsa, ana shu tosh doim uni uyquga va boshiga yostiq qilishga chaqirib turadi.
Agar tosh bo‘lmasa, narsa ko‘ngliga kelmaydi va unda uyquga rag‘bat qo‘zg‘olmaydi. Bu
gap tosh to‘g‘risida bo‘lyapti, ammo yumshoq yostiqlar, muloyim ko‘rpachalar, yaxshi,
toza narsalarga ega kishi bilan shayton qanday munosabatda bo‘ladi!? U Alloh ibodati
uchun qachon g‘ayrat qiladi?
Shaytonning yana katta eshiklaridan biri baxillik va kambag‘allikdan qo‘rqishdir. Mana
shu narsa insonni infoq-ehson qilish va sadaqa berishdan to‘xtatib qo‘yadi. Uni (mol-
dunyo) to‘plashga va alamli azobga chaqiradi. Bu Qur’oni karimda aytilganidek, mol
jamlashda bir-biri bilan musobaqalashayotgan kishilarga va’da qilingan azobdir.
Xaysama ibn Abdurahmon aytdilar: «Shayton: «Odam farzandi mendan biror marta
ustun kelolmadi. Bas, mendan uch o‘rinda hargiz ustun kelolmaydi: unga molni nohaq
olishni, haqqidan boshqa joylarga sarflashni va haq bo‘lgan joylariga bermaslikni
buyurmog‘imda», deb aytdi». Sufyon Savriy aytdilar: «Shaytonga kambag‘allikdan
qo‘rqitishga ko‘ra zo‘r qurol yo‘q. Agar inson shaytonning mana shu qo‘rqitishini qabul
qilsa, molni botil yo‘llardan topadi, haq joylarga sarflamaydi, havoyi nafsi buyurgan
narsani gapiradi, o‘z Robbiga yomon gumon qiladi».
Baxillikning sifatlaridan biri mol jamlash uchun bozorlarni kezishga o‘ch bo‘lishdir.
Bozorlar esa shaytonlarning to‘planadigan joylaridir. Abu Amomaning rivoyat
qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Iblis yerga
tushgan vaqtda «Ey Robbim, meni yerga tushirding va dargohingdan quvding, endi
menga bir uy qilib ber», dedi. Alloh taolo unga: «Hammom», dedi. «Menga majlislar joyi
qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Bozorlar va yo‘llarda (odamlar) to‘planadigan joylar», dedi.
«Menga taom qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Sening taoming Alloh ismi zikr qilinmagan
narsalar», dedi. «Menga ichimlik qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Har bir mast qiluvchi
narsa», dedi. «Menga muazzin qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Ashulalar», dedi. «Menga
Qur’on (ya’ni, o‘qigani kitob) qilib ber», dedi. Alloh taolo: «She’r», dedi. «Menga yozuv
qilib ber», dedi. Alloh taolo: «(Badanga) naqsh (tatuirovka) qilish», dedi. «Menga gap
qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Yolg‘on», dedi. «Menga tuzoqlar qilib ber», dedi. Alloh
taolo: «Ayollar», dedi» (Tabaroniy rivoyati, sanadi juda zaif).
Yana uning katta eshiklaridan biri yo‘llarni va xohishlarni mutaassiblik bilan mahkam
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy