www.ziyouz.com kutubxonasi
54
kabidir. Bir imom mazhabini da’vo qilgan kishilarning hammasi ham ularning hayot
tarziga muvofiq yashamaydi. O’sha imom qiyomat kunida shunday insonlarning
xusumatchisi bo‘ladi va unga aytadi: «Mening mazhabim amal qilish uchun edi, til bilan
gapirish emas edi. Til bilan gapirish amal qilish uchun bo‘ladi, aljirash uchun emas.
Senga nima bo‘ldiki, mening mazhabimdagi amalda menga xilof qilding, men uni tutib
Allohga yaqinlashdim, so‘ngra mazhabimni yolg‘onchi holda da’vo qilding».
Bu shayton eshiklarining kattasidir. Ana shu bilan shayton insonlarning ko‘pini halok
qilgan. Darsxonalar ham Allohdan qo‘rqinchlari oz, dinni yaxshi tushunmaydigan,
dunyoga rag‘bati kuchli, ortidan yurishni talab qiladigan qavmlar qo‘liga topshirib
qo‘yildi. Vaholanki, ular orqalaridan xaloyiqni ergashtirishga ham, martabalarini
ko‘tarishga ham faqat mutaassiblik bilan erishganlar. Ana shu narsalarni qalblarida
pinhon tutib, xaloyiqni bundagi shayton hiylalaridan ogohlantirishmadi. Balki hiylalarni
ro‘yobga chiqarishda shaytonga o‘rinbosarlik qilishdi. Odamlar shu yo‘sinda dinlari
asoslarini unutdilar. Batahqiq, mutaassiblarning o‘zlari ham halok bo‘lishdi, boshqalarni
ham halok qilishdi. Alloh taolo bizning ham, ularningham tavbalarini qabul qilsin!
Hasan Basriy aytadilar: «Bizga yetib keldiki, Iblis: «Muhammad sollallohu alayhi
vasallam ummatlariga gunohlarda vasvasa qildim, belimni istig‘for aytish bilan
sindirishdi. Shunda ularga istig‘for aytilmaydigan gunohlarni vasvasa qildimki, bular
havoyi nafslardir», dedi». Batahqiq, Iblisi mal’un ushbu so‘zni to‘g‘ri aytdi, chunki ular
qilayotgan ana shu ishlarini gunohlarga tortadigan sabablardan ekanini bilishmaydi-yu,
qanday qilib unga istig‘for aytishsin?!
Yana shayton hiylalarining kattalaridan biri insonning odamlar o‘rtasida mazhablar
to‘g‘risida kelib chiqqan ixtilof va tortishuvlar bilan ovora bo‘lib, o‘z nafsi haqida beparvo
bo‘lib qolishidir. Abdulloh ibn Mas’ud aytdilar: «Bir qavm Alloh taoloni zikr qilib
o‘tirganida ularning oldiga majlislaridan turg‘azish va oralarini ajratib tashlash uchun
shayton keldi. Lekin u bunga qodir bo‘lolmadi. Ularga yaqin boshqa bir majlisga bordi.
Ular dunyo gaplaridan suhbatlashishar edi. Ularning oralarini buzdi, bir-birlari bilan
urishib ketishdi. Shayton bularning urishishlarini xohlamagan edi. Allohni eslayotgan
kishilar majlisdan turishdi. Urishayotganlarning orasini ajratish bilan birga majlislaridan
ham tarqab ketishdi. Shaytonning urishtirishdan maqsadi ham mana shu edi».
Yana uning eshiklaridan biri ilm bilan shug‘ullanmagan va undan baxra olmagan avom
xalqni Alloh zoti va sifatlari hamda aqllari yetmaydigan ishlar to‘g‘risida tafakkur qilishga
undashdir. Natijada shayton ularni dinning asli haqida tortishuvga boshlaydi yoki
ularning xayollariga Alloh to‘g‘risida har xil gumonlarni soladi. Alloh taolo bunday
gumonlardan oliydir. O’sha inson bunday xayollar bilan kofir yoki bid’atchiga aylanib
qoladi. Vaholanki, o‘zi qalbiga tushgan bunday xayollardan xursand va shod holda buni
ma’rifat va idrok, deb o‘ylaydi hamda bu narsalar o‘zining ziyrakligi va aqlining ziyodaligi
bilan kashf bo‘ldi, degan fikrga boradi. Insonlarning eng ahmog‘i o‘z aqliga qattiq e’tiqod
qiluvchisidir. Insonlarning eng aqllisi esa nafsini ko‘p ayblab, ulamolardan ko‘p
so‘raydiganidir.
Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta
shayton sizlardan biringizning oldiga kelib: «Seni kim yaratgan?» deydi. U: «Alloh
taborak va taolo», deb javob beradi. Keyin shayton: «Allohni kim yaratgan?» deydi.
Agar sizlardan biringiz o‘zida mana shunday holatni topsa, Alloh va rasuliga iymon
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy