Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
to‘g‘ri insonga dalolat qiladi. Tush va ta’bir boblarining hammasi xuddi shuningdek 
bo‘ladi. Bular ajoyib sirlardir. Ya’ni, qalb ajoyibotlarining sirlaridir. Buni muomala ilmida 
zikr qilish loyiq bo‘lmaydi. Maqsad shayton va farishtalar qalb arboblariga ko‘rinishiga 
ishonmoqlikdir. Goho uyquda bo‘lganidek, tasvirlash va o‘xshatish yo‘li bilan, goho 
haqiqat yo‘li bilan bo‘ladi. Ko‘pincha bu sifatga o‘xshash surat bilan tasvirlash orqali 
bo‘ladi. Bu sifatning ayni o‘zi emas, balki uning tasviridir. Lekin u haqiqatda ko‘z bilan 
ko‘rib, bu ko‘rishi tufayli atrofidagilardan uxlayotgan kishidek ajrab turadi. 
 
Bandaning jazolanishga olib keladigan qalb vasvasalari, xohishlari, o‘y-
xayollari, qasdlari va bulardan avf qilinib-kechiriladiganlari 
Bilingki, bu maxfiy (ya’ni, tafsilotga muhtoj bo‘lgan) ishdir. Batahqiq, bu to‘g‘rida bir-
biriga xilof oyatlar va xabarlar vorid bo‘lgan. Bularning o‘rtasini jamlash faqat shariat 
ilmini chuqur o‘rgangan ulamolargagina mushkul bo‘lmaydi. Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallamdan rivoyat qilinadi: «Ummatimdan nafslariga gapirgan (ya’ni, xayollaridan 
o‘tkazgan) narsalari, modomiki, uni (tili bilan) gapirmasa yoki unga amal qilmasa, avf 
qilingandir», dedilar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Abu Hurayra aytishlaricha, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta Alloh taolo bandaning nomai 
a’molini yozadigan farishtalarga: «Agar bandam bir gunohga qasd qilsa, uni yozmanglar. 
Agar uni qilsa, bitta gunoh yozinglar. Agar bir yaxshilikka qasd qilsa-yu, uni qilmasa, 
unga bitta savob yozinglar. Agar uni qilsa, unga o‘nta savob yozinglar», dedi». Imom 
Buxoriy va Muslim bu hadisni o‘z «Sahih»larida keltirishgan. Bu hadis qalb yomonlikni 
bajarishi va qasd qilishi avf etilishiga dalildir. Bu hadis boshqa lafz bilan ham kelgan, 
ya’ni: «Kim bir yaxshilikni qasd etsa-yu, uni qilmasa, buning uchun bir savob yoziladi. 
Kim bir yaxshilikni qasd etib uni qilsa, uning uchun yetti yuz baravargacha savob 
yoziladi. Kim bir gunohga qasd etib uni qilmasa, unga (gunoh) yozilmaydi. Agar qilsa, 
unga (bir gunoh) yoziladi». Yana boshqa lafzda aytilishicha, «Agar bir gunoh qilmoqni 
gapirsa-yu, uni qilmasa, Men uni kechiraman».
Bularning har biri kechirilishga dalolat qiladi. Ammo jazolashga dalolat qiladiganlari esa 
Alloh taoloning mana bu oyatidir: 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin