www.ziyouz.com kutubxonasi
65
«Ichingizdagi narsani xoh oshkor qiling, xoh yashiring, Alloh sizlarni o‘sha narsa bilan hisob-kitob qiladi» (Baqara surasi, 284-oyat) oyati tushgan paytda
sahobalardan bir necha kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib
aytdilarki: «Toqatimiz yetmaydigan narsaga buyurildik. Albatta birimiz qalbida sobit
bo‘lishini xohlamaydigan narsani gapiradi. So‘ngra shunga hisob-kitob qilinadi» (Imom
Muslim rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Aftidan sizlar yahudiylar
«Eshitdik, unga osiy bo‘ldik», deganlaridek gapiryapsizlar, «Eshitdik va itoat qildik»,
denglar», dedilar. Sahobalar: «Eshitdik va itoat qildik», deyishgan edi, Alloh taolo bir
yildan keyin yengillikni nozil qildi.
Alloh taolo aytadi:
«Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi» (Baqara surasi,
286-oyat).
Bundan aniq bo‘ladiki, inson qalb amallaridan toqati yetmaydigan narsalarga
jazolanmaydi, bu chigallikdagi pardani ochishdir.
Qalbga joriy bo‘lgan har bir narsa nafsning so‘zi, deyiladi, deb o‘ylaydigan va (qalbga
joriy bo‘ladigan narsalarni) uch qismga bo‘linishini farqlay olmaydigan har bir kishi xato
qilishi aniq. Chunki kibr, o‘ziga baho berish, riyo, munofiqlik, hasad va boshqa iflos
xulqlardan iborat bo‘lgan qalb amallari qanday qilib jazolanmaydi? Balki quloq, ko‘z va
qalb - hammasidan, ya’ni bulardan ixtiyor ostiga kiradiganlaridan so‘raladi, agar
beixtiyor nomahramga ko‘zi tushib qoladigan bo‘lsa, unda jazolanmaydi. Ammo ko‘zi
tushgan vaqtda unga ikkinchi bor qarasa, buning uchun jazolanadi, chunki keyingisi
o‘zining ixtiyoridadir.
Qalbdagi xayollar uchun ham shu tarzda jazolanadi, balki bandaning qalbdagi xayollar
uchun jazolanishi a’loroqdir. Chunki qalb asl negizdir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Taqvo bu yerdadir», deb qalbga ishora qilganlar
(Imom Muslim rivoyati). Alloh taolo aytadi: