«Allohga (qilgan qurbonliklaringizning) go‘shtlari ham, qonlari ham yetmas.
Lekin U Zotga sizlarning taqvo-ixlosingiz yetar» (Haj surasi, 37-oyat).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Gunoh qalblarni egallab oluvchidir», dedilar
(«Ilm kitobi»da kelgan). Yana: «Yaxshilik qalb taskin topadigan narsadir, garchi senga
fatvo berishsa ham, senga fatvo berishsa ham», dedilar (Tabaroniy rivoyati). Aytamizki,
fatvo beruvchi qalb bir narsaning ijobiyligiga hukm qilsa, unda xato qilgan bo‘lsa ham,
savob oladi. Hattoki, agar bir inson tahorat qildim, deb o‘ylaydigan bo‘lsa, unga namoz
lozim bo‘ladi. Agar namoz o‘qib bo‘lganidan keyin tahorat qilmagani esiga tushib qolsa,
o‘qigan namoziga savob oladi. Agar esiga tushganidan keyin uni tark qilsa (ya’ni,
qaytadan o‘qimasa), bu ishi tufayli jazolanadi. Yana kim to‘shagida bir ayolni o‘zining
xotini deb o‘ylab, u bilan birga bo‘lsa, osiy bo‘lmaydi, garchi u yot ayol bo‘lsa ham. Agar
uni yot xotin deb o‘ylab turib, u bilan birga bo‘lsa, garchi xotini bo‘lsa ham, osiy bo‘ladi.
Bularning hammasi a’zolar e’tibori bilan emas, balki qalbga e’tiboran bo‘ladi.
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
66
Alloh zikr qilingan paytda vasvasalar butkul yo‘q bo‘lib ketishi tasavvur
qilinadimi yoki yo‘qmi?
Bilingki, qalbning sifatlari va ajoyibotlariga qarab uni farqlovchi ulamolar bu masalada
beshga bo‘linadilar. Birinchi firqa aytadi: «Alloh azza va jallani eslash bilan vasvasa
yo‘qoladi, chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Agar Alloh eslansa,
uzoqlashadi», deganlar, bu uzoqlashish sukut saqlab turishidir. Demak, go‘yo sukut qilib
turgandek bo‘ladi» (Ibn Abud-Dunyo rivoyati).
Ikkinchi firqa aytadi: «Vasvasaning asli yo‘q bo‘lib ketmaydi, qalbda yuraveradi-yu, lekin
ta’siri bo‘lmaydi. Chunki qalbni zikr qamrab olsa, vasvasaning ta’siri to‘sib qo‘yiladi. Bu
o‘z g‘ami bilan mashg‘ul kishiga o‘xshash, chunki gohida unga gapiriladi, garchi ovoz
qulog‘i oldidan o‘tib ketsa ham, u tushunmaydi».
Uchinchi firqa aytadi: «Vasvasa va uning ta’siri ham soqit bo‘lmaydi, lekin uning qalbga
g‘olib kelishi soqit bo‘ladi. Go‘yo u uzoqdan zaiflik bilan vasvasa qiladi».
To‘rtinchi firqa aytadi: «Alloh eslangan paytda vasvasa bir lahza yo‘q bo‘lib turadi.
Eslash ham bir lahza yo‘q bo‘lsa, vasvasa yana paydo bo‘ladi, ular tez-tez o‘rinlarini
almashtirib turishadi. Ikkalasi (zikr va vasvasa)ning vaqti bir-biriga yaqinligidan ular bir-
biriga yaqin yuradilar, deb gumon qilinadi. Vaqt har xil nuqtalari bor koptokka o‘xshaydi,
chunki koptokni tezlik bilan aylantirsangiz, nuqtalarning muttasil harakatlanayotganini
ko‘rasiz». Bu guruh ulamolari: «Albatta uzoqlashish vorid bo‘lgan. Biz vasvasani zikr
bilan birgalikda ko‘ryapmiz, biri yo‘q bo‘lsa, ikkinchisi paydo bo‘ladi, deyishdan boshqa
chora yo‘q», deb dalil qilishadi.
Beshinchi firqa aytadi: «Vasvasa va zikr doim qalbda uzluksiz holda yonma-yon turib
birgalikda harakat qiladi, inson ikki ko‘zi bilan bir vaqtda ikki narsani ko‘radi. Xuddi
shuningdek, qalb ham ikki narsa joriy bo‘ladigan joydir».
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Qay bir banda bo‘lmasin, albatta uning uchun
to‘rtta ko‘z bordir. Ikkita ko‘z boshidadir, bu ikkisi bilan dunyo ishlarini ko‘radi. Yana
ikkita ko‘z uning qalbidadir, bu ikkisi bilan din ishlarini ko‘radi», dedilar (Daylamiy «din»
lafzi o‘rniga «oxirat» lafzi bilan rivoyat qilgan). Muhosabiy ham shu fikrga borganlar.
Nazdimizda bu yo‘llarning hammasi ham to‘g‘ri, lekin ularning har biri vasvasa turlarini
anglashdan qosirdir. Albatta ulardan har biri vasvasaning bir xil turiga qarab bu haqda
xabar bergan.
Vasvasalar bir necha xil bo‘ladi. Birinchisi - haq bilan chalkashtirish jihatidan, chunki
shayton albatta haq bilan chalkashtiradi. Insonga: «Lazzatlardan baxra olishni tark
qilasanmi? Umr uzun. Umr bo‘yi shahvatlardan o‘zini tiyib yurish azobi juda kattadir»,
deydi. Mana shu paytda banda Alloh taolo haqqining kattaligini, savob va iqoblarning
ham ulkanligini eslab, o‘z nafsiga sabr qilib shahvatlardan tiyilish qiyin, lekin do‘zaxda
sabr qilib turish undan ham qiyinroqdir, ikkisidan birini tanlash lozim, deb Alloh taolo
va’dalari va va’idlarini eslasa, iymon va ishonchini yangilaydigan bo‘lsa, shayton
uzoqlashadi va qochib ketadi. Zero, shayton insonga «Do‘zax gunoh qilmay sabr
qilishdan ko‘ra yengilroq», deb aytishga qodir bo‘lmaydi va «Ma’siyat do‘zaxga olib
bormaydi», deb ayta olmaydi.
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |