Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
emas. Lekin umr bo‘yi undan xalos bo‘lib yurish juda qiyin va mumkin bo‘lmagan ishdir. 
Agar xayollar va rag‘batni qo‘zg‘atish bilan bo‘ladigan shaytonning vasvasasidan biron 
kishi qutula olganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undan qutulgan bo‘lardilar. 
Rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozda kiyimlarining 
belgisiga qaradilar, salom bergan vaqtlarida ana shu kiyimni otib yubordilar va: «Menga 
namozda xalaqit berdi. Uni Abu Jahmga eltib beringlar va menga uning anbijoniyyasini 
(tikilgan libosini) keltiringlar», dedilar («Namoz kitobi»da kelgan). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qo‘llarida tilladan yasalgan uzuk bor edi, 
minbarda turganlarida unga nazarlari tushdi. So‘ngra uni otib yubordilar. Va: «Unga bir 
qarash, sizlarga bir qarash (sodir bo‘ldi)», dedilar (Nasaiy rivoyati). Bu holat 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamda shayton tilla uzuk va kiyimning belgisiga 
qarash lazzatini qo‘zg‘ash bilan vasvasa qilgani uchun bo‘ldi. Bu holat tilla harom 
bo‘lishidan oldin bo‘lgandi. Shuning uchun taqdilar-u, so‘ngra otib yubordilar. Dunyo 
matolarining va pullarining vasvasasi faqat uni otib yuborish, undan ajrash bilangina 
uziladi. Modomiki, hojatidan tashqari bir dinorga ega bo‘lsa ham, namozida shayton 
o‘sha dinor to‘g‘risida fikrlashga vasvasa qilishdan to‘xtamaydi, ya’ni dinorni qanday 
saqlashi, uni nimaga ishlatishi, hech kim bilmasligi uchun uni qanday yashirib qo‘yishi 
yoki u bilan faxrlanishi uchun uni qay holatda oshkor qilish va yana boshqa vasvasalar 
bilan (uni bezovta qiladi). 
Endi qaysi bir inson tirnoqlarini dunyoga botirib olgan holda shaytondan qutulishni umid 
qilsa, go‘yo asalga belanib olib menga pashsha qo‘nmaydi, deb gumon qilgan kishiga 
o‘xshaydi. Bu esa mumkin bo‘lmagan bir holatdir. Dunyo shayton vasvasasi uchun juda 
katta eshikdir. Shayton vasvasasi uchun birgina eshik emas, balki ko‘pgina eshiklar bor.
Hukamolardan birlari aytgan: «Odam farzandiga shayton gunoh ishlar tomonidan keladi, 
agar gunohdan bosh tortsa, uning oldiga nasihat qilish uchun keladi. Uni hatto bir bid’at 
ish qilishga majburlaydi. Agar bundan ham bosh tortsa, gunoh qilishdan o‘zini tiyishda 
qattiq turishga buyuradi. Hatto harom bo‘lmagan narsalarni o‘ziga harom qiladi. Agar 
bundan ham bosh tortsa, tahoratida va namozida uni shaklantirib qo‘yadi, hatto qancha 
o‘qiganini bilmay qoladi. Agar bundan ham bosh tortsa, yaxshi ishlarni unga yengil qilib 
qo‘yadi. Hatto odamlar uni sabrli va pok tanli deb o‘ylashadi, qalblari unga moyil bo‘ladi. 
Ana shunda u o‘z nafsiga yuqori baho beradi, shu bilan uni halok qiladi. Mana shu 
holatga kelganda shaytonning uni talab qilishi kuchayadi, chunki bu insonni aldashning 
oxirgi bosqichidir. Agar inson shundan o‘tib ketsa, albatta undan qutulib jannati bo‘lib 
qoladi». 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin