«Albatta siz ulug‘ xulq ustidadirsiz» (Qalam surasi, 4-oyat).
Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqlari
Qur’on edi» (Imom Muslim rivoyati). Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan
husni xulq haqida so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana bu oyatni o‘qidilar:
«(Ey Muhammad alayhissalom), avf-marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring
va johillardan yuz o‘giring» (A’rof surasi, 199-oyat). So‘ngra Payg‘ambarimiz
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «U (ya’ni, husni xulq) sizdan (bordi-keldini) uzib
qo‘ygan kishiga silai-rahm qilishingiz, sizni mahrum qilgan kishiga berishingiz va zulm
qilgan kishini avf qilishingizdir» (Ibn Mardavayh hasan sanad bilan rivoyat qilgan). Yana
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Albatta men chiroyli xulqlarni mukammal
qilish uchun yuborildim», dedilar (Imom Ahmad rivoyati). Va yana Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida taroziga qo‘yiladigan narsalarning og‘irrog‘i
Allohdan qo‘rqish va husni xulqdir» (Imom Termiziy rivoyat qilgan va sahih, degan).
Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilaridan kelib: «Din nima, ey
Rasululloh?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Husni xulq», dedilar. U kishi
o‘ng tomonlaridan kelib yana: «Din nima, ey Rasululloh?» dedi. U kishi yana: «Husni
xulq», dedilar. So‘ngra chap tomonlaridan kelib: «Din nima, ey Rasululloh?» dedi. U zot
yana: «Husni xulqdir», dedilar. So‘ngra orqalaridan kelib: «Din nima, ey Rasululloh?»
dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga o‘girilib: «Tushunmayapsanmi, din-
g‘azab qilmasliging», dedilar (Muhammad ibn Nasr Marvaziy rivoyati). Rasululloh
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
76
sollallohu alayhi vasallamga «Baxtsizlik nima, ey Rasululloh?» deyildi. «Yomon xulq»,
dedilar (Imom Ahmad rivoyati, sahih emas).
Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Menga nasihat qiling», dedi. «Qaerda
bo‘lsang ham, Allohdan qo‘rq», dedilar. U kishi: «Yana ziyoda qiling», dedi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Yomonlik orqasidan yaxshilik qil, u yomonlikni o‘chiradi»,
dedilar. U kishi: «Yana ziyoda qiling», dedi. «Insonlarga chiroyli xulq bilan muomalada
bo‘l», dedilar (Imom Termiziy rivoyat qilgan va hasan, sahih, degan).
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan «Amallarning qaysi biri afzalroq?» deb
so‘raldi. U zot: «Chiroyli xulq», dedilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Alloh taolo bir bandaning yaratilishi va xulqini chiroyli qilib, uni do‘zaxga
yemish qilib bermaydi» («Suhbat odobi kitobi»da kelgan).
Fuzayl aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Falon ayol kunduzi ro‘za tutib,
kechalari qoyim bo‘ladi-yu, lekin uning xulqi yomon, qo‘shnilariga tili bilan ozor beradi»,
deyildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unda yaxshilik yo‘q, u do‘zax ahlidandir»,
dedilar».
Abu Dardo roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
«Taroziga eng avval qo‘yiladigan narsa chiroyli xulq va saxiylikdir», deganlarini
eshitdim» (Abu Dovud va Termiziy boshqa lafz bilan rivoyat qilishgan. Imom Termiziy
buni g‘arib, degan). Alloh taolo iymonni yaratgan vaqtida iymon Unga «Meni
quvvatlagin», dedi, Alloh uni chiroyli xulq va saxiylik bilan quvvatlab qo‘ydi. Alloh taolo
kufrni yaratgan vaqtida kufr Unga «Meni quvvatlab qo‘ygin», dedi, Alloh uni baxillik va
yomon xulq bilan quvvatlab qo‘ydi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta Alloh taolo bu dinni O’ziga
tanlab oldi. Diningiz uchun saxiylik va chiroyli xulqqina munosib bo‘ladi, ogoh bo‘ling, bu
ikki narsa bilan diningizni ziynatlang» (Doraqutniy rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam deydilar: «Husni xulq Alloh taoloning eng buyuk maxluqidir» (Tabaroniy zaif
sanad bilan rivoyat qilgan). «Qaysi mo‘minning iymoni afzalroq, ey Rasululloh?» deyildi.
U zot: «Ularning xulqi chiroylirog‘i», dedilar (Imom Termiziy va Nasaiy rivoyatlari).
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Albatta sizlar insonlarni
mollaringiz bilan zabt eta olmaysizlar. Bas, ularni ochiq yuz va chiroyli xulq bilan
egallanglar» (Bazzor va Abu Ya’lo rivoyatlari). Yana Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Sirka asalni buzganidek, yomon xulq amalni buzadi», dedilar (Ibn Hibbon
rivoyati, Ibn Jarir zaif, degan).
Jarir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Albatta Alloh taolo yaratilishingizni chiroyli qilib qo‘ygan kishilarsiz, endi xulqingizni
ham chiroyli qiling» (Xaroitiy rivoyati). Baro ibn Ozibdan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam insonlarning eng yuzi chiroylisi va eng xulqi go‘zali
edilar» (Xaroitiy hasan sanad bilan rivoyat qilgan).
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: «Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Ey Allohim, Sendan salomatlik, ofiyat va husni xulqni
so‘rayman», deb ko‘p duo qilar edilar» (Xaroitiy rivoyati). Abu Mas’ud Badriydan rivoyat
qilinadi. U kishi aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolarida «Ey Allohim,
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |