www.ziyouz.com kutubxonasi
78
o‘tirgan holatda ko‘rdim, u bilan Alloh o‘rtasida bir parda bor edi. U kishining chiroyli
xulqi keldi va uni Alloh taolo huzuriga kirgizdi», dedilar» (Xaroitiy zaif sanad bilan
rivoyat qilgan).
Anas roziyallohu anhuning aytishlaricha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta banda chiroyli xulqi bilan oxirat darajalarining yuqorisiga va manzillarning
sharaflisiga yetadi, (garchi) u ibodatda zaif bo‘lsa ham», dedilar (Tabaroniy rivoyati).
Rivoyat qilinishicha, Umar roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam
huzurlariga kirishga izn so‘radilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida
Quraysh ayollaridan bir nechasi u zotga ovozlarini baland qilib gapirishardi, hatto u
zotning ovozlaridan ko‘tarib yuborishdi. Umar roziyallohu anhu izn so‘ragan vaqtlarida
ayollar hijoblarini axtarib shoshib qolishdi. Umar roziyallohu anhu kirdilar, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam kulib turar edilar. Umar roziyallohu anhu: «Ota-onam sizga
fido bo‘lsin, nimadan kulyapsiz, ey Rasululloh?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Mana bu ayollarga ajablandim, ular mening huzurimda edilar, ovozingizni
eshitgan vaqtlarida hijoblariga shoshib qolishdi», dedilar. Umar roziyallohu anhu:
«Qo‘rqishlariga siz haqliroqsiz, ey Rasululloh», dedilar. So‘ngra u kishi ayollarga
yuzlanib: «Ey nafslarining dushmanlari, mendan qo‘rqasizlar-u, Rasulullohdan
qo‘rqmaysizlarmi?» dedilar. Ular: «Ha, siz Rasulullohdan qo‘polroq va dag‘alroqsiz»,
deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishiga: «Shunday holatda
bo‘ling, ey Xattobning o‘g‘li, Allohga qasamki, sizni shayton yo‘lda uchratib qolsa, albatta
siz yurgan yo‘ldan boshqa yo‘lga o‘tib oladi», dedilar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati)
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Yomon xulq kechirilmaydigan gunohdir va
yomon gumon esa hid taratib turadigan xatodir», dedilar (sanadi zaif). Yana Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Albatta banda xulqining yomonligidan jahannamning
tubigacha yetib boradi», dedilar (Xaroitiy rivoyati).
Luqmoni Hakimning o‘g‘li otasiga: «Ey ota, insonning qaysi xislati yaxshiroq?» dedi.
Otasi: «Din», deb javob berdi. «Agar xislat ikkita bo‘lsa-chi?» dedi. Otasi: «Din va mol»,
dedi. «Agar uchta bo‘lsa-chi?» deb so‘radi. Otasi: «Din, mol va hayo», dedi. «Agar
to‘rtta bo‘lsa-chi?» dedi. Otasi: «Din, mol, hayo va husni xulq», dedi. «Agar beshta
bo‘lsa-chi?» dedi. Otasi: «Din, mol, hayo, husni xulq va saxiylik», dedi. Yana: «Oltita
bo‘lsa-chi?» deb ham so‘ragan edi, Luqmoni Hakim: «Ey o‘g‘ilcham, agar insonda mana
shu besh xislat jamlansa, u pokiza, taqvodor, Allohga do‘st va shaytondan uzoq bo‘ladi»,
dedi.
Hasan Basriy: «Kimning xulqi yomon bo‘lsa, o‘z nafsini azoblaydi», dedilar.
Anas ibn Molik aytdilar: «Albatta banda chiroyli xulqi bilan jannatda oliy darajaga yetadi,
(garchi) ibodatgo‘y bo‘lmasa ham, yomon xulqi bilan esa jahannamning eng tubiga yetib
qoladi, (garchi) ibodatgo‘y bo‘lsa ham».
Yahyo ibn Muoz aytdilar: «Rizqning xazinalari keng xulqlilikdadir». Vahb ibn Munabbah
aytadilar: «Yomon xulqning misoli singan sopol idishga o‘xshaydi, uni yamab ham, loyga
ham qaytarib bo‘lmaydi».
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy