Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
81
Endi bu yerda to‘rt xil ish bor: birinchisi - chiroyli ish va xunuk ish. Ikkinchisi - ikkisini
ham qilishga qodir bo‘lish. Uchinchisi - ikkisini ham bilish. To‘rtinchisi - nafsning u ikki
tomondan biriga moyil bo‘lgan holati. Unga ikkisidan birini, ya’ni chiroyli yoki xunugini
qilish oson bo‘ladi. Xulq (bir ishni) bajarishdan iborat emas. Ko‘pincha saxiy kishilar moli
yo‘qligi uchun yoki boshqa bir monelik sababli mol sarflay olmaydilar. Goho baxil kishilar
bor, ular biror sabab tufayli yoki riyo uchun molini sarflashadi.
Yana xulq quvvatdan iborat emas, chunki quvvatni qizg‘onchiqlikka va saxiylikka nisbat
berishda, ya’ni ikki zid narsaga nisbat berishda farq yo‘q. Har bir inson tabiatan berishga
ham, qizg‘onchiqlikka ham qodir qilib yaratilgan. Bu esa xulqi baxillik va saxiylik ekanini
vojib qilmaydi.
Yana xulq ma’rifatdan iborat ham emas, chunki ma’rifat chiroyliga ham, xunukka ham
bir xil taalluqli bo‘ladi. Xulq to‘rtinchi ma’nodan iboratdir. U nafsdan qizg‘onchiqlik yoki
saxiylik sodir bo‘lishi uchun unga tayyorlanib turiladigan holatdir. Demak, xulq nafsning
holatidan va botiniy suratidan iborat narsadir. Zohiriy suratning to‘la-to‘kis chiroyliligi
burun, og‘iz va yonoqlar xunuk bo‘lib, ko‘zning o‘zigina chiroyli bo‘lishi bilan mukammal
bo‘lmaydi, balki tashqi chiroy mukammal bo‘lishi uchun hamma a’zolar chiroyli bo‘lishi
lozim.
Xuddi shuningdek, ichki olamda ham to‘rt xil rukn bor, ya’ni husni xulqning mukammal
bo‘lishi uchun shu ruknlarning hammasi chiroyli bo‘lishi lozimdir. Agar ana shu to‘rt rukn
birdek to‘g‘ri, mo‘‘tadil bo‘lsa va bir-biriga munosib kelsa, husni xulq hosil bo‘ladi.
To‘rtta rukn - ilm quvvati, g‘azab quvvati, shahvat quvvati va bu uch quvvat o‘rtasidagi
adolat quvvatlaridir. Ilm quvvatining chiroyli va yaxshi bo‘lishi so‘zlardagi rost va yolg‘on
o‘rtasidagi farqni bilish, e’tiqod borasida haq bilan botil o‘rtasidagi farqni bilish va
ishlarda esa yaxshi bilan yomon o‘rtasidagi farqni bilish oson bo‘ladigan darajada
bo‘lmog‘idadir. Agar bu quvvat yaxshi bo‘lsa, undan hikmat mevasi hosil bo‘ladi, hikmat
esa chiroyli xulqlarning boshidir. Bu to‘g‘rida Alloh taolo bunday deydi:
Dostları ilə paylaş: