Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«Alloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning ko‘nglini Islom uchun keng qilib



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

«Alloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning ko‘nglini Islom uchun keng qilib 
qo‘yar. Kimni adashtirishni istasa, uning ko‘nglini xuddi osmonga ko‘tarilib 
ketayotgandek tor va tang qilib qo‘yar» (An’om surasi, 125-oyat). 
«Agar sizlarga Alloh yor bo‘lsa, hech kim sizlardan g‘olib bo‘lmas. Va agar U 
Zot sizlarni yordamsiz qo‘ysa, Undan so‘ng hech bir zot sizlarga yordamchi 
bo‘lmas» (Oli-Imron surasi, 160-oyat). 
Hidoyat qiluvchi ham, adashtiruvchi ham Allohdir, U xohlagan narsasini qiladi, iroda 
etgan narsasi bilan hukm qiladi, Uning hukmini qaytaruvchi ham, Uning qazosini orqaga 
suruvchi ham yo‘qdir. Jannat va uning ahlini yaratib, ularni toat bilan amal qildirib 
qo‘ydi. Do‘zax va uning ahlini yaratib, ularni gunohlar bilan amal qildirib qo‘ydi. Xalqqa 
jannat ahlining ham, do‘zax ahlining ham alomatlarini bildirib qo‘ydi. Alloh taolo 
kalomida aytdi: 
«Shak-shubhasiz, yaxshilar (ya’ni, mo‘minlar jannat) ne’matlaridadirlar. Shak-


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
shubhasiz, fisq-fujur qilguvchi kimsalar (ya’ni, Qur’on va payg‘ambarni 
yolg‘onchi qilguvchi, jazo kuni va qayta tirilishni inkor qilguvchi kimsalar) 
do‘zaxdadirlar» (Infitor surasi, 13-14-oyatlar). 
Yana Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadisda Alloh taolo 
aytadi: «Bular jannatda bo‘ladilar, Men parvo qilmayman. Bular esa do‘zaxda bo‘ladilar, 
Men parvo qilmayman» (Imom Ahmad va Ibn Hibbon rivoyatlari). Haq va molik Alloh 
oliydir, U qilgan narsasi haqida so‘ralmaydi, ular (xalq) so‘raladilar. 
Endi qalb ajoyibotlarini zikr qilishda mana shu ozgina miqdor bilan kifoyalanamiz. Chunki 
uni chuqur tadqiq qilish muomala ilmiga to‘g‘ri kelmaydi. Albatta qalb ajoyibotlaridan 
muomala ilmlarini chuqur bilish va uning sirlaridan xabardor bo‘lish uchun zarur 
miqdorda zikr qildik. Bu miqdor bilan zohiriy tomonlarga qanoat qilmaydigan, po‘st bilan 
mag‘izni ajratmaydigan, balki sabablarning haqiqatini nozik nuqtalarigacha bilishga 
qiziqadigan kishilar foydalangaylar. Tavfiq Allohdandir. 
«Qalb ajoyibotlari kitobi» tugadi. Hamd va tashakkur Allohga bo‘lsin. Bu kitobdan so‘ng 
«Nafsning riyozati va xulqlarni o‘nglash kitobi» keladi. Yolg‘iz Allohga hamd bo‘lsin, 
tanlab olingan bandalarning har biriga Alloh salovot yuborsin! 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin