Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«Xabar bering-chi, kim havoyi nafsini iloh qilib olgan bo‘lsa, siz uning ustidan



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

«Xabar bering-chi, kim havoyi nafsini iloh qilib olgan bo‘lsa, siz uning ustidan 
vakil-qo‘riqchi bo‘lurmisiz? Yoki siz ularning ko‘plarini (haq so‘zni) tinglay 
oladilar yo anglay oladilar, deb o‘ylaysizmi?! (Undoq emas, zero) ular hech 
narsa emaslar, magar chorva hayvonlari kabidirlar. Yo‘q, ular yanada yo‘ldan 
ozganroq kimsalardir» (Furqon surasi, 43-44-oyatlar). 
«Aniqki, ularning ko‘plariga so‘z (ya’ni, azob haqidagi hukm) haq bo‘lgandir. 
Bas, ular iymon keltirmaslar» (Yosin surasi, 7-oyat). 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
«Kufr yo‘lini tutgan kimsalar esa xoh siz, (ey Muhammad alayhissalom), ularni 
(Alloh taolo azobidan) qo‘rqiting, xoh qo‘rqitmang, ularga barobardir - iymon 
keltirmaydilar» (Baqara surasi, 6-oyat). 
Ba’zi shahvatlarga berilib, ahvoli shunday bo‘lgan ko‘pgina qalblar ba’zi narsalardan 
parhez qiladi-yu, lekin chiroyli yuzni ko‘rganda ko‘ziga va qalbiga ega bo‘lolmaydigan, 
aqli yengiltaklik qiladigan va qalbining to‘g‘oni tushib ketgan kishiga o‘xshaydi. Yoki 
martaba, ulug‘lik va boshliqlik o‘rinlarini ko‘rganda o‘zini ushlab turolmaydigan, bularga 
erishish sabablari zohir bo‘lganida o‘zini ushlab turish uchun tayanchi qolmagan kishiga 
o‘xshaydi yoki biror aybi zikr qilinib haqir sanalganda g‘azabi kelib, o‘zini boshqara 
olmaydigan kishiga o‘xshaydi. Yoki bir dirham yo bir dinor olishga qodir bo‘lib turganida 
o‘zini tutolmaydigan, hatto uning ortidan go‘yo hayajonlanib aqldan ozgan kishiga 
o‘xshab yuguradigan, natijada dirham va dinorni deb sha’n-shavkat va taqvoni unutib 
qo‘yadigan kishiga o‘xshaydi. Mana shularning hammasi havoyi nafsning tutuni qalbga 
ko‘tarilib, oqibatda uning nurlari o‘chib qorong‘ilashib ketgani uchundir. Undan hayo, 
muruvvat va iymon nurlari ham o‘chib ketadi. Keyin qalb shaytonning murodini hosil 
qilishga harakat qiladigan bo‘lib qoladi. 
Uchinchi qalbda havoyi nafsning fikrlari zohir bo‘lib, uni yomonlikka chaqiradi. 
Iymonning fikri uni ortidan yaxshilikka chaqiradi. Nafs o‘z shahvatlari bilan yomonlikning 
fikriga yordamga qo‘zg‘aladi. Shahvat kuchayib, lazzatlanish va baxra olishni unga 
chiroyli ko‘rsatadi. Aql yaxshilikning fikri tomon qo‘zg‘alib, shahvatning ishini xunuk 
sanab, u tomonga tashlanadi. Unga johillikning nisbatini berib, yomonlikka tashlanishda 
hamda oqibatlarga befarqligida hayvonga va yirtqichlarga o‘xshatadi. Natijada nafs 
aqlning nasihatiga moyil bo‘ladi. Shayton esa yana aqlga qattiq hamla qiladi, nafsga 
chaqiruvchi fikr yana kuchayadi. Shayton: «Nima bu o‘zini ma’nosiz qiynash, nima 
uchun xohishingdan bosh tortib nafsingga aziyat berasan? Zamondoshlaringdan birortasi 
havoyi nafsiga xilof qilib, o‘z maqsadini tark qilyaptimi? Dunyo lazzatlaridan 
foydalanishni ularga qoldirasanmi? Bu lazzatlardan nafsingni to‘sib qo‘yib, o‘zing 
mahrum, bechora va qiynalgan holda qolasanmi? Zamondoshlaring ustingdan kulishadi-
ku! Mansabing ham falon-falon kishilardan ziyoda bo‘lishini xohlamaysanmi? Ular sen 
istagan narsalarni qilishdi, undan bosh tortishmadi. Falon olimni ko‘rmaysanmi? U 
bunday narsalardan ehtiyot bo‘lmayapti, agar bu ishlar yomon bo‘lganida albatta undan 
tiyilardi», deydi. Natijada nafs shaytonga moyil bo‘lib, u tarafga buriladi 
Keyin farishta shaytonga qattiq hamla qiladi va: «Naqd lazzatga ergashib, oqibatni 
unutganlargina halok bo‘ldilar. Ozgina lazzat bilan qoniqib, jannat lazzati va uning 
abadul-abad ne’matlarini tark qilasanmi? Yoki shahvatdan tiyilish, sabr qilish azobini 
qiyin sanab, do‘zax azobini oson deb bilasanmi? Insonlarning o‘z nafslaridan g‘aflatda 
bo‘lishlari va havoyi nafsga ergashib shaytonga yordam berishlari bilan aldanasanmi? 
Vaholanki, boshqalarning ma’siyati sendan do‘zax azobini yengillatmaydi. Menga xabar 
ber-chi, agar qattiq issiq kunda insonlarning hammasi quyosh tig‘ida issiq joyda turgan 
bo‘lsa, sening esa salqin uying bo‘lsa, odamlar bilan issiqda turib ularga 
yordamlasharmiding yoki issiqdan qochib salqin uyingda o‘tirarmiding? Endi qanday qilib 
insonlarga quyoshdan qo‘rqib teskari ish qilasan-u, nima uchun do‘zax issiqligidan 
qo‘rqib ularga teskari ish qilmaysan?» Mana shu payt nafs farishtaning gapiga 
bo‘ysunadi. Xullas, qalb doimo ikki qo‘shin o‘rtasida to unga eng munosibi g‘olib 
kelgunicha beqaror va o‘zaro tortishuvda bo‘ladi. 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin