Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«(Ey mo‘min bandam), har qachon Qur’on qiroat qilsang, albatta quvilgan -



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

«(Ey mo‘min bandam), har qachon Qur’on qiroat qilsang, albatta quvilgan - 
mal’un shayton (vasvasasi)dan Alloh panoh berishini so‘ragin» (Nahl surasi, 98-
oyat). 
Boshqa xabarlar va zikr to‘g‘risida vorid bo‘lgan oyatlar ham bunga dalildir. 
Abu Hurayra aytadilar: «Mo‘min kishining shaytoni bilan kofir kishining shaytoni 
uchrashib qoldi. Kofirning shaytoni yog‘ bosib semirib ketgan, kiyim ham kiyib olgandi. 
Mo‘minning shaytoni esa ozg‘in, chang, ranjigan, sochlari to‘zg‘igan va yalang‘och edi. 
Kofirning shaytoni mo‘minning shaytoniga «Nima bo‘ldi senga, ozg‘insan?» dedi. 
Mo‘minning shaytoni javob qilib: «Men shunday kishi bilan birgamanki, ovqat yegan 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
vaqtida Allohning nomini aytadi, men och qolaman. Suv ichsa, Allohning nomini aytadi, 
men chanqoqligimcha qolaman. Kiyim kiygan vaqtida ham Allohning nomini aytadi, men 
yalang‘och qolaman. Agar yog‘lansa ham, Allohning ismini aytadi, men sochim to‘zg‘igan 
holda qolaman», dedi. Shunda kofirning shaytoni: «Lekin men bularning birortasini ham 
qilmaydigan bir kishi bilan birgaman. Men uning taomiga ham, sharobiga ham, kiyimiga 
ham sheriklik qilaman», dedi». 
Muhammad ibn Vosi’ har kuni subh namozidan keyin aytar edilar: «Ey Allohim, albatta 
Sen bizga ayblarimizni ko‘ruvchi bir dushmanni hukmron qilib qo‘yding, biz ularni 
ko‘rmasak-da, ular bizni ko‘radi. Ey Allohim, uni rahmatingdan noumid qilganingdek, 
bizdan ham uni noumid qilgin. Uni avfingdan umidsiz qilganingdek, bizdan ham uni 
umidsiz qil, rahmating bilan uning orasini uzoq qilganingdek, biz bilan uning o‘rtasini 
ham uzoq qilgin. Albatta Sen har bir narsaga qodir Zotsan». 
Yana aytadilarki, bir kuni masjid yo‘lida u kishiga shayton ko‘rinib: «Ey Vosi’ning o‘g‘li, 
meni taniyapsanmi?» dedi. U kishi: «Sen kimsan?» dedilar. U: «Men Iblisman», dedi. U 
kishi: «Nima xohlaysan?» dedilar. Shayton: «Allohdan panoh so‘rab qilayotgan bu 
duoingni hech kimga bildirmasligingni va senga duchor bo‘lmaslikni xohlayman», dedi. 
Shunda u kishi: «Allohga qasamki, bu duoni xohlagan biron kishimdan man qilmayman, 
istaganingni qilaver», dedilar. 
Abdurahmon ibn Abu Laylodan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam namoz o‘qiyotganlarida shayton qo‘lida bir parcha olov bilan oldilarida turib 
olardi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qiroat qilardilar va panoh so‘rardilar. Lekin 
u ketmasdi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga Jabroil alayhissalom 
keldilar va u kishiga: «Yaxshi kishi ham, yomon kishi ham undan o‘tib ketolmaydigan 
Alloh taoloning mukammal kalimalari bilan yerga kiradigan va undan chiqadigan
osmondan tushadigan va unga ko‘tariladigan narsalarning yomonligidan, kecha va 
kunduz fitnalari hamda balo-ofatlaridan panoh so‘rayman, illo yaxshilik bilan keluvchi 
tungi mehmondan emas, ey Rahmon, deb ayting», dedilar (Ibn Abud-Dunyo). 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shularni aytgan edilar, uning alangasi o‘chib, yuzi 
bilan yiqildi. 
Hasan Basriy aytdilar: «Menga xabari yetdiki, Jabroil alayhissalom Payg‘ambar sollallohu 
alayhi vasallam oldilariga kelib: «Albatta sizga jinlardan biri Ifrit hiyla qiladi. Uxlashga 
yotayotganingizda «Oyatal kursiy»ni qiroat qiling», dedilar (Ibn Abud-Dunyo). 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mening oldimga shayton keldi. U men 
bilan uzoq tortishdi. Uning xalqumidan ushlab oldim. Meni haq bilan yuborgan Zotga 
qasamki, hatto qo‘limda tilining suvi (so‘lagi)ning sovuqligini sezmagunimcha uni qo‘yib 
yubormadim. Agar birodarim Sulaymon alayhissalomning duolari bo‘lmaganida u 
masjidga tashlab qo‘yilgan holda tong ottirardi» (Ibn Abud-Dunyo). Yana Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar Umar bir yo‘ldan yursa, albatta shayton Umar 
yurgan yo‘lning boshqasidan yuradi» (Imom Buxoriy va Muslim boshqa lafz bilan rivoyat 
qilishgan). Buning sababi qalblar shayton o‘tlaydigan narsalar va shahvatlardan iborat 
ovqatlaridan pok va tozadir. Agar shayton zikr qilishning o‘zi bilan Umar roziyallohu 
anhudan daf bo‘lganidek, sizdan ham daf bo‘lishini umid qilsangiz, albatta bu mahol ish 
bo‘ladi. Siz bunda go‘yo oshqozonini ovqat bilan to‘ldirib olib, parhez qilmay dori ichgan 
kishining dori foyda qilishidan umidvor bo‘lganiga o‘xshab qolasiz. Vaholanki, dori 
oshqozonni ovqatdan tozalab, parhez qilgandagina foyda beradi. Zikr - dori, taqvo esa 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin