Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/99
tarix09.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#153451
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   99
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

Birinchi rutba. 
U Alloh taoloning rahmatidan umid uzgan halok bo‘luvchilar rutbasidir. Chunki, 
podshohning rizoligi va hurmatidan ularning umidi yo‘q. Yuqorida keltirilgan misolning ma’nolariga 
diqqat qilsangiz, bunga amin bo‘lasiz. Bu rutba haqni inkor qiluvchilar, haqiqatdan yuz o‘giruvchilar, 
dunyoga mukkasidan ketganlar, Allohni, Allohning rasullari va kitoblarini yolg‘on deyuvchilarning 
darajasidir. 
Bilgil, uxrovim saodat Allohga dqinlikda, Allohning diydoriga yetishda. Bil, shu darajaga faqat 
iymon va tasdiq deb nomlangan ma’rifat bilangina sazovor bo‘lish mumkin. Inkor qiluvchilar munkir, 
yolg‘on deb topuvchilar esa Alloh taoloning rahmatidan abadul-abad noumid bo‘lgan kishilardir. Ular 
butun olamlar Rabbini, uning jo‘natgan payg‘ambarlarini yolg‘onchilikda ayblashdi. Albatta, ular o‘sha 
kunda o‘z Parvardigoridan to‘siladilar. 
"Jahannam olovidan xalos bo‘luvchi oxirgi kishi do‘zaxda yetti ming yil azoblanadi". Hakim 
Termiziy bu hadisni Abu Hurayradan "Navodirul usul" kitobida zaif sanad bilan keltirganligiga shubha 
yo‘q. Mahbubidan to‘silgan har bir kishi o‘zi va istak-orzusi o‘rtasidagi devorni his qiladi, firoq o‘ti bilan 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
29
jahannam olovini yondiradi. Shuning uchun ham oriflar deydilar: "Bizning qo‘rqinchimiz jahannam 
olovidan emas, ohu ko‘zli hurlarga ham ko‘z tikmaymiz. Balki, bizning yolg‘iz talabimiz diydor, 
diydoridan to‘suvchi pardadan saqlanish, xolos". 
Yana deyiladi: "Kim qilyotgan ibodatiga Allohdan evaz tama’ etsa, u minnatchi, ta’nachidir". 
Go‘yo u jannatni xohlagani yoki do‘zaxdan qo‘rqqani uchun ibodat qiladi. Orif kishi esa Allohning zoti 
uchun ibodat etadi, yagona orzusi ham Allohning zoti. Orif kishining ohu ko‘zli hurlarga, jannat 
mevalariga xohishi yo‘q, do‘zax olovidan ham hayiqmaydi. Chunki uning vujudini firoq o‘ti egallagan. 
Endi unga jismlarni yondiruvchi jahannam otashi pisand emas. Negaki, firoq o‘ti Allohning o‘ti, 
Qalblarga tutashuvchi bu o‘tning yolqini chegara bilmas. Jahannamning olovi esa jismlar uchun. Jism 
chekkan alam qalb alami oldida arzimas: 
Oshiq qalbin yoqqan hijron otashi,
Dema hijroi otashi, iymon otashi. 
Qiyos qilki, bu o‘tning eng salqini,
Jahannamning alangali yolqini.
Oxirat olamida shunday bo‘ladi. Inkor etishga shoshilmang. Zero, bunday manzara dunyo 
olamida mavjud. Ehtiros g‘olib kelib, kimdir olov tomon qadam tashlaydi, qalbida jo‘sh urgan nafrat 
sababli oyoqlariga qadalgan tikanlarni sezmaydi. Jangga kirar ekan, vujudini g‘azab egallaydi, o‘sha 
onda jarohatlar unga pisand emas. Chunki, g‘azab qalbdagi yelqindir. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam deydilar: 
"G’azab olovdan bir parchadir" (Termiziy rivoyati). Qalblarning yonishi jasadning yonishidan 
kuchliroqdir. Kuchliroq sezgi kuchsizroqni mahv qiladi. Shunchaki kuyish, shunchaki chopilish bilan 
jism o‘lmaydi. Qachon birini boshqasiga bog‘lab turgan juz’lar bir-biridan ajratilsagina, jismga olov yo 
qo’rqinchdan halokat yetishi mumkin. 
Qalb va uning mahbubini bog‘laydigan robita jismning juz’larini birlashtirib turuvchi robitadan 
mustahkamdir. Shuning uchun qalb mahbubidan ajratilganida yetadigan og‘riq jismning ju’zlari 
ajratilganida paydo bo‘ladigan og‘riqdan shiddatliroq. Basirat va qalb sohiblari buni yaxshi biladi. 
Qalbsiz odam bu alamning shiddatini his qilishdan yiroq. U jism chekayotgan alamga chiday olmaydi-
yu, yana qalb og‘rig‘ini arzimas sanaydi. Masalan, yosh bolaga koptokchasi va cho‘qmor 
tayoqchasidan mahrum bo‘lish alamini totish bilan saltanatdan mahrum bo‘lish alamini totish ixtiyori 
berilsa, u saltanatdan mahrum bo‘lish alamini umuman his qilmas edi, uni alam deb hisoblamasdi 
qam. Uning uchun o‘yin maydonida cho‘qmor tayoq bilan chopish podshohning mingta taxtidan 
suyumlidir. Agar taomdan boshqani o‘ylamaydigan qorin bandasiga: "yo holvoyitarni yoki 
dushmanlarning qahrini keltirib, do‘stlarni quvontiradigan chiroyli xulqni tanla", deyilsa, u albatta 
holvoyitarni tanlagan bo‘lardi. Negaki, uning ongida taomning lazzatini his qilishdan o‘zga ma’no yo‘q. 
Hayvoniy sifatlarga qul bo‘lgan kishidan farishtalar qochadi. Chunki, ma’sum farishtalar butun 
olamlar rabbi Allohga qullik qiladilar, bu yaqinlikdan lazzat oladilar. Aksincha, Allohdan uzoqlashsa, 
ozor chekadilar. 
Inson ma’sum emas. Lekin ta’m totish tilga, eshitish quloqqa xos bo‘lgani kabi farishtalik sifati 
uning qalbida mulsassamdir. Qalbi bor kishigina bu hisni tuya oladi. Aks holda, uning ovozlarni 
eshitmaydigan, chiroyli surat va ranglarni ko‘ra olmaydigan kar va ko‘r kishidan farqi yo‘qdir: 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin