Oxiratdagi darajalarning dunyoda qilingan yaxshilik va yomonliklarga ko‘ra taqsimlanishi Bilgilki, bu dunyo mulk va shahodat (ko‘zga ko‘rinuvchi, moddiyat) olammdan, oxirat esa g‘ayb
va malakut (ilohiyot) olamidan iborat. Dunyo deganda o‘limdan oldingi, oxirat deganda esa, o‘limdan
keyingi holat nazarda tutilyapti. Demak, sening dunyo va oxirating sening sifat va qolatlaringdir. Bu
sifat va holatlarning yaqinrog‘i dunyo, uzoqrog‘i oxirat deb nomlandi.
Biz hozir oxirat dunyosi haqida suhbatlashmoqchimiz. Chunki, ayni paytda mulk olamidan iborat
dunyodamiz, shu dunyoda turib gagtaryapmiz. Shunday esada, maqsadimiz malakut olami bo‘lmish
oxiratni sharhlash. Aslida mulk olamida malakut olamini sharhlash tasavvurga sig‘maydi. Ammo
majoziy suratda, zarbulmasal vositasida bu ishni qaysidir darajada eplash mumkin. Alloh taolo aytadi:
َنﻮُﻤِﻟﺎَﻌْﻟا ﻻِإ ﺎَﻬُﻠِﻘْﻌَﻳ ﺎَﻣَو ِسﺎﱠﻨﻠِﻟ ﺎَﻬُﺑِﺮْﻀَﻧ ُلﺎَﺜْﻣﻷا َﻚْﻠِﺗَو ) ٤٣ ( "Ushbu masallarni Biz odamlar (ibrat olsinlar)
uchun ayturmiz. (Lekin)
ularni faqat ilm egalarigina anglay olurlar" (Ankabut surasi, 43).
Chunki, mulk olami malakut olamiga nisbatan uyqudir. Shuning uchun Rasululloh sollalohu
alayhi va sallam:
"Insonlar uyqudadirlar, o‘lgach uyg‘onurlar", deganlar. (Bu hadisning sanadi Rasulullohgacha
bormagan. Ali ibn Abu Tolibga nisbat berilgan.)
O’ngda ro‘y berishi mumkin ayrim hodisalar tushda ayon bo‘lishini tajribalar orqali bilamiz.
Shuningdek, uxroviy uyg‘oqlikda ro‘y beradigan hodisalar dunyoviy uyquda namoyon bo‘lmasa ham,
majozan masallarda ayon bo‘lishi mumkin. Masallar deganda, ta’bir ilmidan biladiganlarimizni
nazarda tutyapmiz. Uchta misol keltiramiz. Tushungan kishiga shular kifoyadir.
Bir kishi Ibn Sirinning huzuriga kelib dedi: "Tush ko‘rdim. Tushimda uzugimdagi muhr bilan
erkaklarning og‘izlarini, aellarning farjlarini muhrlyotgan ekanman". Ibn Sirin bu tushni shunday ta’bir
qildi: "Sen muazzinsan, ramazon oyida tong otishidan oldin azon aytar eding". "Ha, to‘gri aytdingiz", -
dedi u kishi.
Ibn Sirindan yana boshqa bir kishi tushining ta’birini so‘radi: "Tushimda zaytun yog‘ini zaytun