ﺎًﻤﻳِﺮَآ ﻼَﺧْﺪُﻣ ْﻢُﻜْﻠِﺧْﺪُﻧَو ْﻢُﻜِﺗﺎَﺌِّﻴَﺳ ْﻢُﻜْﻨَﻋ ْﺮِّﻔَﻜُﻧ ُﻪْﻨَﻋ َنْﻮَﻬْﻨُﺗ ﺎَﻣ َﺮِﺋﺎَﺒَآ اﻮُﺒِﻨَﺘْﺠَﺗ ْنِإ ) ٣١ ( "Alar sizlar man’ etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansanglar, qilgan kichik gunohlaringizni o‘chirurmiz" (Niso surasi, 31). Lekin buning uchun kishida albatta gunohdan
saqlanishga qudrat va iroda bo‘lishi shart. Misoli, bir kishi begona ayol bilan birga bo‘lishga, u bilan
jinsiy yaqinlik qilishga imkoni bo‘laturib, qo‘shilishdan nafsini tiygani, faqat qarash yoki silash bilan
kifoyalangaii kabi. Chunki, nafsning noshar’iy qo‘shilishdan tiyilishga intilishi qalbni munavvar qiladi.
Bu intilishning qalbni yoritishga ta’siri nazarni begonalarga qaratib, zulmatlarda adashish ta’siridan
shiddatliroqdir. Katta gunohdan saqlanish kichik gunohlarga kafforat bo‘lishining ma’nosi shudir.
Nafs begona ayoldan tiyilar ekan, agar bunga mijozning sustligi yoki boshqa ojizlik tufayli
tug‘ilgan zaruratlar sabab bo‘lsa, yoxud jinsiy yaqinlashuvga qodir bo‘lsayu, boshqa bir muammoning
xavfi zinoga monelik qilsa, gunohdan bu tariqa tiyilish aslo kafforatga sabab bo‘lolmaydi.
Kimki xamrni (mast qiluvchi ichimlik) ichishga imkon berilganida ham og‘ziga olmasayu, lekin
ko‘nglida uning mste’moliga mayl bo‘lsa, bunday tiyilish kichik gunohlarga, jumladan, kuy-qo‘shiqlarni
tinglash kabi xamr ichishdan kichikroq bo‘lgan gunohlarga kafforat bo‘lmaydi.
Bu uxroviy hukmlarning tafsiloti shar’iy hujjat asosidagina oydinlashadi. Vaholanki, aynan shu
vaziyatlar uchun qat’iy hujjat vorid bo‘lmagan, balki xilma-xil lafzlar mavjud.
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
"Namoz namozgacha bo‘lgan gunohlarga kafforatdir. Ramazon ro‘zasi ramazon ro‘zasigacha bo‘lgan
gunohlarga kafforatdir. Lekin uchta gunoh bundan mustasno: Allohga shirk keltirish; sunnatni tark